“Barselona” PSJ hujumchisi Neymarni ortga qaytarishni istamoqda, biroq bu borada shoshma-shosharlik qilmoqchi emas.

Foto: Getty Images

Katalon klubi Neymarni yozda sotib olishni mo‘ljal qilgandi, biroq bunga koronavirus pandemiyasi to‘sqinlik qildi. Biroq transfer amalga oshishi mumkin, deya xabar qilmoqda Diario Sport.

Hozirda “Barselona” “Inter” hujumchisi Lautaro Martines va “Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanich transferlari ustida ishlamoqda.

Shundan keyin klub bir nechta futbolchisini sotish niyatida, “Barselona” 30-iyunga qadar 100 million yevro atrofida daromad qilishi kerak.

“Barselona” va PSJ o‘zaro futbolchi almashish borasida kelishuvga erishishi mumkin. “Ko‘k-anorranglilar” Neymarni qo‘lga kiritish imkoniyati 2019-yilning yozidagiga qaraganda osonroq bo‘lishiga ishonmoqda. Biroq “Barselona” hozirda biror chora qo‘llash niyatida emas, klub iyul oyi oxirigacha kutishni istamoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!