O‘zbekistonda 22-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 8 kishiga ko‘payib, 3036 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 6 tasi Navoiy viloyatida, 1 tasi Toshkent viloyatida aniqlangan, infeksiya yuqtirgan yana bir fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi mashina haydovchisidir.

Kasalligi qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlangan. “Ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha qat’iy karantinga olingan”, — deyiladi SSV axborotida.

Hozirgacha bemorlarning 2492 nafari kasallikdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan, 13 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.