Amerikaning Kolorado shtatida maydoni uyning maydonidan ham kattaroq bo‘lgan garaji bor villa sotuvga qo‘yildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Blog.dupontregistry.com”

Villa 20 million dollarga baholangan bo‘lib, u superkarlar kolleksioneri Richard Berriga tegishli.

Uyda yettita yotoqxona va 14 ta vannaxona bor. Garaj maxsus iqlimni moslashtiruvchi qurilmaga ega. Shuningdek, garaj ishchisiga mo‘ljallangan 2 ta vannali yotoqxona ham bor. Garaj hududida elektrokarlarni quvvatlantiruvchi va yuvuvchi shoxobcha hamda texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi mavjud.

Villa 300,5 sotix yer maydonida joylashgan. Uning hududida favvoralar, basseynlar, bar va kinoteatr bor.

Ayni paytda garajda yuzlab superkarlar bo‘lib, ularning orasida Ferrari Enzo, Lamborghini, Bugatti Veyron va boshqalar bor. Qayd etilishicha, avtomobillar sotuvga qo‘yilmagan.

Foto: “Blog.dupontregistry.com”

Foto: “Blog.dupontregistry.com”

Foto: “Blog.dupontregistry.com”

Foto: “Blog.dupontregistry.com”

Foto: “Blog.dupontregistry.com”

Foto: “Blog.dupontregistry.com”

Foto: “Blog.dupontregistry.com”

Foto: “Blog.dupontregistry.com”