Amerikaning Texas shtatida yashovchi Jen Riggins va uning 13 yoshli qizi bo‘r bilan rasm chizishga qiziqadi, deb yozadi TravelAsk.

Foto: TravelAsk

Pandemiyaga qadar ular bo‘r bilan trotuarga rasm chizish bo‘yicha turli tanlovlarda ishtirok etgan. Biroq hozir koronavirus tufayli tanlovlar bekor qilingan, shuning uchun ona va qiz iste’dodlarini namoyish etib, qo‘shnilarini xursand qilishga kirishdi.

Jenning aytishicha, ular ishtirok etishni rejalashtirgan tanlovlar bekor bo‘lganini eshitib, qattiq xafa bo‘lgan. Shundan so‘ng ayol o‘z uyi yaqinidagi yo‘laklarga rasm chizishga qaror qilgan.

Jen besh yil avval bo‘r bilan rasm chizishga qiziqib qolgan. U professional rassomga shogird tushib, hamma bo‘sh vaqtini ushbu mashg‘ulotga bag‘ishlagan. Keyinroq unga qizi qo‘shilgan.

Ular uy yaqinidagi yo‘lakka baliqlarning rasmini chizgan, bu qo‘shnilarga juda yoqqan. Shundan so‘ng ona va bola faoliyatini bemalol davom ettirmoqda.

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk

Foto: TravelAsk