Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sirdaryoda o‘z farzandini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: IIV matbuot xizmati

Foto: IIV matbuot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro E.Sh. 5-may kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani, “Laylakko‘l” mahallasida chaqalog‘ini R.G.ga 10 200 dollarga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Voqea joyida gumonlanuvchidan 10 200 dollar miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holatga ko‘ra, fuqaro E.Sh.ning harakatlarida Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud bo‘lib, unga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi