Mayonezli salat tayyorlamoqchisiz, lekin karantin vaqtida birgina mahsulot uchun ko‘chaga chiqish yaxshi emas, deb o‘ylayapsizmi? To‘g‘ri o‘ylabsiz, siz uydan chiqmang biz esa sizga uy sharoitida mayonez tayyorlash retseptini o‘rgatamiz.

- Tuxum sarig‘i — 2 dona
- Xantal — 1 choy qoshiq
- Smetana — 130 gramm
- Limon sharbati — 1 choy qoshiq
- Zaytun moyi — 1 osh qoshiq
- Ta’bga ko‘ra tuz, murch
- Tuxumni suvda pishirib oling, tuxumning oqi kerak bo‘lmaydi, sarig‘ini olib sanchqi yordamida maydalang.
- Ezilgan tuxum sarig‘iga limon sharbati, zaytun moyi va xantal qo‘shing. Massa holiga kelgunicha aralashtiring.
- Aralashmaga smetana, tuz va murch qo‘shing.
Mavzuga doir: Tovuq filesidan sosiska tayyorlaymiz








