Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniyada yashovchi 113 yoshli Mariya Branyas koronavirusdan sog‘aygan dunyodagi eng keksa inson bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Ispaniyaning Olot shahridagi qariyalar uyida mart oyida koronavirus epidemiyasi tarqaldi. Barcha himoya chora-tadbirlari olib borilgan bo‘lsa-da, ayol kasallikni yuqtirdi.

Kasallik simptomlarsiz o‘tdi, ayol virusni boshqalarga yuqtirmaslik uchun xonasidan chiqarilmadi.

Branyasning qizining aytishicha, onasi xonasidan chiqmayotganidan tashvishlanib, 113 yoshini bir o‘zi qarshi olishidan qo‘rqqan.

Foto: Newsflash

Foto: Newsflash

Biroq ayol tez orada sog‘aygan. U bilan birga kasallikka chalingan keksa insonlardan 17 nafari vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol hozirgi kunda koronavirusni yenggan 110 yoshdan oshgan eng keksa inson hisoblanadi.

Mariya Branyas Ispaniyaning eng keksa fuqarosi hisoblanadi. U ikkita jahon urushi, ispan grippi pandemiyasini boshdan kechirgan. Ayolning uch farzandi, 11 nevarasi va 13 nafar chevarasi bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi