Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

90 yoshli yaponiyalik ayol Xamako Mori dunyodagi eng keksa geymer sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi, deb yozadi Esquire.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Xamako Gamer Grandma taxallusi ostida YouTube kanalini yuritadi hamda u yerga turli o‘yinlarni o‘ynayotgani aks etgan videolarni joylaydi.

Ayolning yaxshi ko‘rgan o‘yinlari: Resident Evil 3, GTA 5, Call of Duty: Modern Warfare, Skyrim. Uning kanalini 186 ming kishi kuzatadi.

“GTA 5 o‘ynayotganingda to‘xtay olmaysan, xuddi film tomosha qilayotgandek”, — deydi Mori. Unga ushbu o‘yinning sujeti va grafikasi juda yoqadi, ayol uni zo‘r o‘yin, deb hisoblaydi. “Men bir kunda 7-8 soatlab o‘ynayman. Avval bundan ham ko‘proq o‘ynardim”, — deydi rekordchi ayol.

Ayol o‘z kolleksiyasida “Dendi”dagi Super Mario’dan tortib, zamonaviy o‘yinlargacha bo‘lgan turli davrlarning o‘yinlari borligini aytadi. Mori 38 yildan beri o‘yin o‘ynaydi.

“O‘yin o‘ynab o‘rganganimdan xursandman. Men haqiqatan ham hayotdan bahra olib yashamoqdaman”, — deydi Mori.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?