Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may, dushanba kuni, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlarining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Mamlakatlarda ushbu xavfli kasallik tarqalishining, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy oqibatlarini kamaytirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar qo‘llab-quvvatlandi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdan tashqari sammitida qabul qilingan qarorlarga muvofiq, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari rahbarlarining tashkil etilgan ko‘p tomonlama maslahatlashuvlari natijalari yuksak baholandi.

Prezidentlar O‘zbekistonda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqdi.

Muloqot yakunida o‘zaro tovar ayirboshlashning yuqori sur’atini saqlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani kengaytirish, ustuvor investitsiya va infratuzilma, shu jumladan, mintaqaviy ahamiyatdagi loyihalarni ilgari surishga qaratilgan birgalikdagi ishlarni faol davom ettirishga kelishib olindi.

Suhbat chog‘ida qator xalqaro masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 2-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda Sardoba suv omborida yuz bergan holatni muhokama qilgandi.

Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash masalasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, TurkmanistonAfg‘oniston, Tojikiston, Janubiy Koreya va Turkiya prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan ham koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Zaporojyeda raketa bilan urilgan ko‘p qavatli binolar, Limanda ishlayotgan sapyorlar. Urushning 225-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Yaqinda besh million olgan ekansiz, shu sabab murojaatingiz rad qilindi deb yozaman” — Toshkent viloyati hokimi
Madaniyat
Davron G‘oyipovning qanday kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi