• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Endi o‘lim men uchun qo‘rqinchli emas”. Dorixonachi qiz hikoyasi

    “Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qolayotgan kasb egalari bilan suhbat qilmoqda. “Soyadagi odamlar” loyihasining bu galgi qahramoni – dorixonada ishlayotgan farmatsevt qiz.

    Suhbatdoshimizning iltimosiga ko‘ra, uning ism-sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar o‘zgartirildi.

    Ismim Nozima. Vohaning eng chekka qishlog‘idanman. Ma’lumotim o‘rta maxsus. Dorixonada ishlayman. Hozir ishim tufayli shahar markazida oilamiz bilan ijarada yashaymiz.

    Yoshim pasport bo‘yicha 23 da. Aslida esa...

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Sahih hadislarda keltirilishicha, payg‘ambarimizning amakisi Abu Tolibdan bir kuni hamrohlari “Ey Abu Tolib, aytingchi, siz kattami yoki Rasululloh (s.a.v) kattami deb so‘rashibdi. Shunda ul zot  “Albatta, Rasululloh (s.a.v) katta. Faqat men oldin tug‘ilganman, xolos”, — deb javob bergan ekanlar.

    Anglaganingizdek, yosh nisbiy narsa. Odamlar o‘n yoshida ham dunyoqarashi keng yoki o‘ttizida ham bola bo‘lib qolishi mumkin. Hammasi qalbimizdagi kechinmalarga bog‘liq. Qiyinchiliklar, og‘riqlar, sinovlar insonlarni ulg‘aytiradi.

    Adashmasam, o‘shanda 5—6 yoshda edim. Bir kuni qo‘shnimiznikiga kirib ketayotib, zinadan yiqilib tushganman. Qo‘limdagi ruchka ko‘zimga sanchilib qolgan. Qolganini eslolmayman. Bir necha bor operatsiya qilishgan, lekin ruchkaning bir qismi miyamga yaqin joyda qolib ketgan, olisholmagan. Shundan beri chap ko‘zim ko‘rmaydi.

    O‘sha paytlari dadam operatsiyaga katta pul kerak bo‘lib, bizga bildirmasdan uyimizni sotib yuborgan. Shundan beri bir amakimnikida, keyin yana boshqasinikida yashab katta bo‘lganman. Bizni yoqtirishmasdi, bilardim. Axir kimni ham uyiga sig‘asiz? Qishloq sharoiti, hammasining bola-chaqasi bor, buyoqda men kasal bo‘b tursam, ayting, kimga yoqadi? Odamlar hozir hech kimni bag‘rini ochib kutib olmaydi. Shunday qilsa ham uzog‘i uch kun uyog‘iga hurmatingiz bitadi. Ming jigaringiz bo‘lsa ham yoqmay qolasiz. Tezroq uyiga ketsa-yu, deydigan bo‘lib qolarkan...

    Esimda, qarindoshlarimiz doim bizni uyi yo‘q, kambag‘al deb ajratardi. Tengdoshlarim Nozi g‘ilay deb ustimdan kulib, mazax qilishardi.

    Men hali shunaqa zo‘r, katta odam bo‘laman, hammalari meni kamsitgani, onamni yig‘latgani uchun javob berishadi derdim...

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Ushalmagan orzu 

    Bolaligimdan jurnalistika sohasiga juda qiziqaman. Maqolalar, she’rlar yozaman. Doim taniqli, ijodkor jurnalist bo‘lishni orzu qilganman. Shu niyatlar bilan 5 yil ketma-ket o‘qishga topshirdim afsuski, kirolmadim. Bu yil esa ingliz tilini yaxshi bilganim uchun xalqaro universitetga topshirdim va shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindim. Bilasiz, xalqaro universitetlarning kontrakti “otning kallasiday”. Oilada yolg‘iz farzandman, otam mavsumiy ishda ishlaydi. Hadeb pul topavermaydi, topgani ham ro‘zg‘ordan ortmaydi. Onam esa uy bekasi. Xullas, orzularim endi ushalganida oilaviy sharoitimiz tufayli o‘qimayman deb hujjatlarimni qaytarib olib keldim.

    Pul topish uchun shu sohaga kirganman 

    Farmatsevtika sohasida ishlayotganimga kelsak, o‘qishga kirolmay, siqilib yurgan paytlarim edi. Uyimizda ham yetishmovchilik ko‘p bo‘lardi. Men ishlashim, pul topishim kerak. Bir nechta joylarda ishlab ko‘rganman, lekin “normalniy” to‘lashmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hayolimga “aptekachi” amakim kelgan. Ayoli ham farmatsevt edi. Ko‘p pul topardi, yurish turishni, oilani, ishni ham joy-joyiga qo‘yardi. Unga rosa havas qilardim.

    Menam farmatsevt bo‘lsam-chi, deb o‘ylab qolganman. Dugonamning dadasining tuman markazida dorixonasi bor edi. Bir kuni ishchi kerakligini aytganida, meni ishga olinglar deb taklif qilganman. Bu sohada o‘qimagansan-ku, seni ishga ololmaymiz deb rad qilgan. Mayli, o‘rganaman, faqat ishga olsalaring bo‘ldi deb oldiga yalinib boraverganman. Oxiri sinov muddati bilan qabul qilishgan. Bir tiyinsiz ikki yarim oy dorixonada ishlab, qaysi kasallikka qanaqa dori berish kerakligini yaxshilab o‘rganganman. Xudoga shukr, ularning ishonchini oqlab, uch oydan keyin rasman ishga kirganman.

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Har yarqiragan narsa oltin emas

    Keyin ikki yillik farmatsevtika bo‘yicha o‘quv kursini tamomladim. To‘g‘risi, diplom kerak ham bo‘lmadi. Hozir qayerdadir chang bosib yotibdi.

    Sohani yaxshi o‘rganganimdan keyin shahardagi markaziy dorixonalarga chaqirishdi. Bordim, gaplashdik. Daromadi katta dorixona edi. Ishga kirdim. Lekin ishchilarning ko‘pi dimoqdor ekan, kelisholmadim. Ikki oyga qolmay ishdan ketdim. Tushundimki, hamma yarqiragan narsaning ichi oltin bo‘lavermas ekan.

    Sohangizni yaxshi bilsangiz hech qachon ko‘chada qolmas ekansiz. Ko‘p o‘tmay boshqa dorixonaga ishga kirdim. Xudoga shukr, yangi ish joyim zo‘r. Boshlig‘imiz ham “tilla” odam. Hozir bitta dorixonani bemalol boshqarib, hujjat ishlarigacha eplayman.

    Dunyoda eng yomoni sig‘indi bo‘lib yashash

    Ish topganimdan keyin bir muddat onam bilan shahardagi qarindoshimiznikida yashadik. Dadam qishloqda akalari bilan qoldi. Bilasizmi, dunyoda eng yomoni nima? Yaqinlaringizning uyida sig‘indi ekanligingizni his qilib yashash.

    O‘tirsak o‘poq, tursak so‘poq bo‘laverganimizdan keyin ijaraga uy topib chiqib ketishga qaror qildik. Oyligim bir million atrofida, ijaralar esa kamida 100 dollar. Buyoqda yeb ichishimiz, yo‘lkiramga oyligim yetmasligi aniq edi. Arzonroq uy topish uchun oyim ikkimiz qahraton sovuqlarda uy qidirdik. Buyoqda qarindoshimiz “Buncha, topilmayaptimi” deb ensa qotirardi. Uy topilardi, lekin bizga narxi to‘g‘ri kelmasdi-da...

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Nihoyat bir yarim oy deganda shaharning sal chekkarog‘idan 350 ming so‘mga bir xonali uy topdik. O‘sha kuniyoq, onam bilan ko‘chib o‘tdik. To‘g‘ri, uyimiz chiroyli emas, kichkinagina va juda fayzli.

    Dadam yangi uyga ko‘chganimizni eshitib, bizni topib keldi. Yana uchalamiz birga yashay boshladik. Har kuni ishdan qaytaman, ota-onam uyda. Juda baxtli edim. Biroq oy tugab, uyga to‘lov qilish payti kelganda dadamdan pul so‘radim. Dadam esa hozir qish bo‘lsa, ishlamasam, senga pulni qayerdan olaman deb jahl qildi.

    Mayli, unda menda ham pul yo‘q. Agar to‘lamasak uydan chiqarvorishadi. Biz xolamnikiga siz esa amakimlarnikiga qaytib ketaverasiz. Yana avvalgidek sig‘indi bo‘lib yashayveramiz, axir o‘rganib qolganmiz-u, deb uydan jahl bilan chiqib ketdim.

    Ochig‘i, dadamning gaplaridan qattiq xafa bo‘ldim. Ishlasam, uy topgan bo‘lsam, oilani, ro‘zg‘orni eplasam, boshqa qizlar kabi biron nima olib bering demasam, hech yo‘q o‘zi turgan kvartiraning yarim pulini ham to‘lamaydimi deb, kun bo‘yi asabiylashib yurdim. Kechki payt uyga borsam dadam bobomdan pul olib kelibdi. Mana boshqa pulim yo‘q, qolganini o‘zing to‘la deb berdilar. Shunisiga ham shukr deb yonimdan qo‘shib, uy egasiga berib keldim.

    Hozir oyligim 1 million 200 ming so‘mga yaqin. Allohga shukr, yo‘lkiram, uy ro‘zg‘ordan ortirib, o‘zimga u-bu narsa olishimga ham yetadi. To‘g‘ri, ro‘zg‘orimizga hamma narsani ololmaymiz. Har kuni go‘sht yemasak ham, bir burda nonga ham qorin to‘yaveradi. O‘ziga ming shukr, hayotimdan hech qachon nolimayman.

    Shukr qilishni bilmagan odam rohatlanishni ham bilmaydi

    Sizga aytib berganlarim hayotimdan bir parcha, xolos. Shunaqa qiynalgan paytlarim faqat diniy, psixologik kitoblar o‘qidim. Fikrlashim, dunyoqarashim o‘zgardi.

    Avvallari oila mukammal bo‘lishi, ota-ona o‘z vazifalarini qilishi, hamma narsada adolat bo‘lishi kerak deb, o‘ylardim. Ko‘nglimni og‘ritgan insonlarga hali ko‘rsatib qo‘yaman deb yashardim.

    Biroq vaqt o‘tgani, ulg‘ayganingiz sari bu dunyo, undagi narsalar men uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Ayb qidirmasdan, nolimasdan hamma narsani boricha qabul qilishni boshladim. Hayotim ham yengillashdi.

    Bilasizmi, shuncha payt orzularim ketidan yugurdim. Amalga oshmadi, tinmay yiqilaverdim. Eng yaxshi ko‘rgan narsalarim qo‘limdan ketdi. Yig‘ladim, tushunlikka tushdim, lekin nima o‘zgardi? Bular nimadir qaytardimi? Aksincha o‘zimni qiynaganim, bekorga ko‘z yoshlarim to‘kilgani qoldi.

    Men endi hech qachon 23 ga kirmayman, ming xohlasam ham bugungi kunni topolmayman... Endi hayotimni yig‘lab o‘tkazmoqchi emasman. Har bir daqiqamdan unumli foydalanib, mazza qilib, rohatlanib yashamoqchiman.

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Hayot mo‘jizalarga to‘la

    Faqat inson muammolaridan chiqib, hayotga ko‘zlarini kattaroq ochib qarashi kerak ekan.

    Masalan, har juma kuni dorixonamizga biror qariya odam kirsa, kichkina dorisini bo‘lsa-da, tekinga berishga harakat qilaman. Eng qizig‘i, ko‘p o‘tmay qilgan ehsonlarim 3—4 barobar bo‘lib qaytib keladi. Xursand bo‘laman, yana ishtiyoq bilan xayriya qilaveraman. Hozir qurbim yetganicha qilyapman, ishonaman vaqti kelib odamlarga ko‘p yordam berishga imkonim bo‘ladi.

    Oldingiga nisbatan hozirgi hayotimdan ko‘nglim to‘q. Qo‘limdan kelganicha kimgadir yaxshilik qilishga intilyapman. Berilgan farz amallarni bajaryapman. O‘ziga tavakkal qilganimdan beri qalbimda shunday halovat borki, o‘lim ham unchalik qo‘rqinchli bo‘lmay qoldi.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi. 

    Avvalgi soyadagi odamlar:

    • Erkakning “yurib ketishi”ga ayolning o‘zi sababchi bo‘ladi — Pardozchi qiz hikoyasi
    • Bozorchi ayollar ayol emasmi? Bozorchi ayol hikoyasi
    • “Onamga qasd qilib, hayotimni barbod qildim”. Adashgan qiz hikoyasi
    • “Aravakashlik qilib, qizimni ToshMIda o‘qitdim”. Aravakash amaki hikoyasi
    • “Musorga tashlab yuborilgan 34 million so‘mni topib berganman”. Chiqindi yig‘uvchi amaki hikoyasi
    • “Tarozidan urib, odamlarga qurtlagan jigar va go‘sht sotgani uchun qassoblar uzoq yashamaydi”. Qassob yigit hikoyasi
    • “Tilanchilar taksida, o‘qituvchilar avtobusda yuradigan zamonda yashayapmiz”. Kirakash yigit hikoyasi
    • “Pul topish uchun hammasiga roziman, faqat fohishalikka emas!” Ofitsiantlik qilayotgan O‘zbekiston chempionining hikoyasi
    • “Boy o‘lsa o‘lsin, kambag‘al o‘lmasin”. Go‘rkov Yursunali ota Umaraliyev hikoyasi
    • “Menga hech narsa kerakmas, shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman”. Mardikorlik qilayotgan qiz hikoyasi
    • “O‘zbekiston o‘likxonalarida murdalar sotilmaydi!” Morg xodimining hikoyasi

    24.04.2020, 20:40   Izoh (0)   108004
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.