Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Karantin choralariga rioya qilinsa, Rossiyada COVID-19 koronavirusini iyun oyiga borib yengish mumkin. Bu haqda Moskva fizika-texnika instituti genom muhandisligi laboratoriyasi rahbari Pavel Volchkovga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Volchkovning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tomonidan joriy etilgan karantin choralari tibbiyot tashkilotlariga “nafas rostlab olish” uchun imkoniyat beradi. Uning fikricha, karantin kamida to‘rt hafta yoki undan ko‘proq davom etishi kerak.

“Siz bilan bizga ko‘p narsa bog‘liq, chunki infeksiya yuqtirib olgan bir fuqaro o‘nlab yangi kasallarni keltirib chiqaradi. Chin ko‘ngildan umid qilamanki, amaldagi karantin choralariga rioya qiladigan bo‘lsak, infeksiya ustidan g‘alabaga erishamiz va iyunda kasallanish bo‘yicha yangi holatlar nolga qarab ketishini kuzatamiz. Bu bizning qo‘limizda. Muhimi, barchamiz uyda o‘tirishimiz kerak”, — deydi Volchkov.

Virusologning ta’kidlashicha, ko‘chalarda virus zarralari zichligi kam u, asosan, yopiq binolarda, havo aylanishiga yaxshi imkoniyat yaratilmagan va oraliq masofaga rioya qilinmagan joylarda katta xavf tug‘diradi.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri COVID-19’ni davolashda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan Xitoy preparatidan foydalanishga ruxsat bergani ma’lum bo‘lgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 37 ming kishiga yaqinlashib qolgan, shuningdek, mamlakatda 42 nafar o‘zbekistonlikda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
MIB: Ijro hujjatlarini qaytarishdan byuro organlari manfaatdor emas
Sport
Rasman: Neyt Dias UFC’ni tark etdi
Mahalliy
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi