Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 17-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1380 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytga qadar mamlakatda koronavirusdan to‘rt nafar bemor vafot etgan, 140 nafar bemor tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur bemorlarning qaysi hududlarda davolanayotgani haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Sog‘liq saqlash vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda bemorlar quyidagi hududlarda qayd etilgan va davolanmoqda:

  • Toshkent shahri — 420 kishi
  • Buxoro viloyati — 376 kishi
  • Xorazm viloyati — 177 kishi
  • Andijon viloyati — 126 kishi
  • Namangan viloyati — 89 kishi
  • Farg‘ona viloyati — 86 kishi
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 58 kishi
  • Surxondaryo viloyati — 23 kishi
  • Samarqand viloyati — 8 kishi
  • Qashqadaryo viloyati — 6 kishi
  • Sirdaryo viloyati — 6 kishi
  • Jizzax viloyati — 3 kishi
  • Navoiy viloyati — 2 kishi
Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu bemorlarning aksariyati dastlab karantinda bo‘lgan va kasalligi tasdiqlangach, ushbu hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun joylashtirilgan.

Toshkent shahrida bemorlar Virusologiya instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida davolanmoqda.

16-aprel kuni Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 325 nafar bemorning 14 nafari og‘ir ahvolda ekanligi haqida xabar berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?