Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nikolay Doroshenko Ukrainaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqdagi farmon 14-aprel, seshanba kuni, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolangan.

Foto: Facebook/Nikolay Doroshenko

Foto: Facebook/Nikolay Doroshenko

“Men prezident Zelenskiy va tashqi ishlar vaziri Kulebaga xalqaro maydonda Ukraina davlatini himoya qilishda menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Yaqinda vazir haqli ravishda ‘biz mudrab yotganimizda dunyo Sharq tomon yo‘nalish oldi’, deya ta’kidladi. O‘zbekiston ham iqtisodiy istiqbolga va madaniy ahamiyatga ega Sharq va Osiyo mamlakatidir. Men Ukraina—O‘zbekiston munosabatlarida yangi bosqichni, o‘zaro manfaatli, pragmatik va katta salohiyatli ishlarni boshlashga tayyorman”, — deb yozgan Nikolay Doroshenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

“Gazeta.uz”ning yozishishcha, Nikolay Doroshenko Ukraina Tashqi ishlar vazirligi tizimida, Ukraina prezidenti ma’muriyati hamda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashida ishlagan. U Ukrainaning Rossiyadagi elchixonasida elchi maslahatchisi va maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchi sifatida faoliyat yuritgan. 2015-yildan 2017-yilgacha u Ukrainaning Qirg‘izistondagi elchisi bo‘lib ishlagan, so‘ngra Ukraina Tashqi ishlar vazirligining markaziy apparatida faoliyat olib borgan.

Ukrainaning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Yuriy Savchenko sakkiz yillik missiyasini 2019-yilning aprel oyida yakunlagan. Shundan beri Ukraina diplomatik vakolatxonasini muvaqqat ishlar vakili Denis Pogrebnoy boshqarib kelgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi