O‘zbekistonda 11-aprel soat 14:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 729 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi. Avvalroq 11-aprel kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 694 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi.

O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.