Mavzuga doir: Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 212 bemorning 13 nafari og‘ir ahvolda
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri (15-martdan buyon) 42 kishi sog‘aydi, ayni vaqtda uch kishi (bir ayol va ikki erkak) koronavirus sabab vafot etdi. O‘zbekistondan tashqari Avstriya, Armaniston, AQSh, BAA, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Tailand va Qozog‘istonda ham jami 23 nafar vatandoshda koronavirus aniqlangan, ulardan uch nafari (barchasi AQShda) vafot etgan. Vafot etganlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy edi.Mavzuga doir: O‘zbekistonda qat’iy rejimdagi karantin yana qancha davom etadi?








