Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikasiga 66 bemor joylashtirilgan, ulardan biri o‘rta og‘ir, yana biri esa o‘ta og‘ir ahvolda (avvalroq O‘zbekiston bo‘yicha 31 bemorda pnevmoniya kuzatilayotgani, ikki kishi sun’iy nafas olish apparatiga ulangani aytilgan edi).
6-aprel soat 9:00 holatiga ko‘ra kamida 31 nafar bemorda pnevmoniya alomatlari kuzatilayotgan edi; to‘qqiz bemorning ahvoli og‘ir deb baholangan, ulardan ikki nafari sun’iy nafas olish apparatiga ulangan edi.
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni aniqlangan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida 30 kishida sog‘ayishga erishdi, ikki kishi kasallik qurboni bo‘ldi. Mavzuga doir:- SSV: Vazir Shodmonovning bir bemor 52 kishiga koronavirus yuqtirgani haqidagi gapi — og‘zaki anglashilmovchilik
- O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar qaysi hududlardan ekanligi aytildi
- O‘zbekistonda 80 yoshdan oshgan fuqaroda ham koronavirus aniqlandi
- Farg‘ona koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Toshkentdan so‘ng birinchi hududga aylandi. Kasallik Qoraqalpog‘istonda ham aniqlandi








