Daryo

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 457 nafarga yetdi

Infeksiya bilan kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 60 kishiga oshgan

1 daqiqa o‘qish376 223 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Davomi: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 472 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 457 kishiga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, infeksiya bilan kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 60 kishiga oshgan.

Avvalroq 6-aprel, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7 nafarga oshib, 397 kishiga yetgani haqida ma’lum qilingan edi.

5-aprel, yakshanba kuni, mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 30 nafar bemor sog‘aygani ma’lum qilindi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan ikki kishi vafot etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 31 nafar bemorda pnevmoniya (o‘pka yallig‘lanishi) alomatlari kuzatilmoqda, to‘qqiz bemorning ahvoli og‘ir — ulardan ikki nafari sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar