Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 taga oshib, 145 nafarni tashkil etmoqda.

“Ushbu infeksiya ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan jiyanida aniqlandi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Davolanayotgan bemorlarning 20 nafarida pnevmoniya holati kuzatilmoqda. Uch nafar bemorning ahvoli og‘ir, ikki nafarining ahvoli nisbatan og‘ir.