O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Prezidentning 19-martdagi farmoniga muvofiq, bu borada ko‘plab imtiyoz va preferensiyalar belgilangan edi.

26-mart, payshanba kuni, o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev biznes vakillarining fikrini inobatga olgan holda, ularga yana qo‘shimcha yengilliklar berish zarurligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

1-oktabrga qadar tadbirkorlarning foydalanilmayotgan obyektlariga nisbatan mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi.

1-noyabrga qadar koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan korxonalar bankrot deb e’lon qilinmaydi.

Karantin muddati davomida tadbirkorlik subyektlari foydalanayotgan 3 600 dan ortiq davlat mulki obyektlari bo‘yicha ijara haqlarini undirish to‘xtatiladi.

Shuningdek, barcha loyihalar doirasida investitsiyaviy majburiyatlarni bajarish muddatlari 6 oyga uzaytiriladi.

Bundan tashqari, karantin davrida tadbirkorlarning hisob raqamini to‘xtatib qo‘yish taqiqlanadi.

Xabar to‘ldirilmoqda