Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta ko‘p qavatli uyda yashovchi aholi kechki paytda uylarining derazasidan ichki ishlar idoralari xodimlarini olqishlayotgani aks etgan video tarqaldi.
Video izohida yozilishicha, bu holat Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tasvirga olingan. Tasvirda post-patrul xizmati xodimlari xizmat mashinasida ko‘p qavatli uylar orasida yurib koronavirus bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilishni eslatayotgani aks etgan. Mazkur ko‘p qavatli uylar aholisi esa o‘z xonadonlarining derazasidan qarsaklar va hushtaklar bilan ichki ishlar xodimlarini olqishlamoqda.
Avvalroq Hindistonning Mumbay shahrida odamlar qarsak chalib va idish-tovoq taqillatib, koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni qo‘llab-quvvatlagan edi.
Izoh (0)