Rossiya hukumati apparatining xodimlaridan birida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Qayd etilishicha, mazkur xodimning tahlil natijasi ijobiy chiqqan, biroq u kasallikni belgilarsiz o‘tkazmoqda hamda 26-martdan boshlab ishga chiqmagan.

Rossiya bosh vazirining matbut kotibi Boris Belyakov hukumat apparati xodimlaridan biri koronavirusga gumon qilinayotganini tasdiqlagan. Uning tahlil natijalari qo‘shimcha tekshiruv uchun jo‘natilgan. Xodimning o‘zi karantinga, u bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilar nazoratga olingan.

Ta’kidlanishicha, Rossiyda koronavirus yuqtirganlar soni 840 kishiga yetgan, ikki kishi kasallikdan vafot etgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25-mart, chorshanba kuni, koronavirus pandemiyasi bo‘yicha murojaat qildi hamda 30-martdan 3-aprelgacha bo‘lgan muddatni mamlakatda ishlanmaydigan hafta deb e’lon qildi.