Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ni tark etishni xohlamoqda.

Foto: Reuters

Futbolchiga PSJ va “Manchester Yunayted” jamoalaridan qiziqish bor. Har ikki klub Ronalduga taklif bilan chiqqan, deya xabar qilmoqda Diario Gol.

Ronalduning “Manchester Yunayted”ga qaytishi ingliz klubining Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olishiga bog‘liq bo‘lib turibdi. Krishtianu 2003—2009-yillar mobaynida mankunianliklar safida to‘p surgan.

Ronaldu 2018-yilning yozida 117 million yevro evaziga “Real”dan turinliklar safiga o‘tgandi. 35 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsum Krishtianu “Yuventus” safida 32 o‘yin o‘tkazib, 25 gol va to‘rtta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!