Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida xususiy klinika faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Botir Jo‘rayev tomonidan bosim o‘tkazilayotgani aytilmoqda.

Nurali Shoimov.

Nurali Shoimov.
Foto: “Daryo”

Tadbirkorning ta’kidlashicha, 2018—2023-yillar uchun tuzilgan ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinib, faoliyat yuritib turgan binodan haydab chiqarilmoqda.

Faoliyati to‘xtatilgan Qorasuv QVP binosi.

Faoliyati to‘xtatilgan Qorasuv QVP binosi.
Foto: “Daryo”

Mazkur voqeani o‘rgangan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning yozishicha, tadbirkorga tegishli xususiy klinika Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli, ammo faoliyati to‘xtatilgan Qorasuv QVP binosida ijarada faoliyat ko‘rsatadi. Ayni kunga kelib esa tuman tibbiyot birlashmasi  mazkur binoga ehtiyoj sezib, tadbirkorni binodan chiqarish harakatiga tushgan.

Nurali Shoimov.

Nurali Shoimov.
Foto: “Daryo”

“2017-yil 6-iyul kuni Prezidentimiz rahbarligida respublika sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish vazifalariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tgan. Majlis bayoniga ko‘ra, respublikada bo‘lgani kabi tumanda ham bo‘sh turgan 29 ta QVPdan biri — Qorasuv QVP binosi 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga menga berilgandi. Bino berilgach, faoliyatimni shu binoda davom ettirdim. Ammo har oy belgilangan tartibda ijara to‘lovini amalga oshirdim. Vaholanki, Prezidentimiz topshirig‘ida bo‘sh turgan QVPlar binosi xususiy klinikalarga bepul berilishi lozimligi belgilangandi. Shunday bo‘lsa-da, Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasining o‘sha paytdagi rahbari Oybek Bo‘riyev bilan 2018—2023-yil uchun tuzilgan 5 yillik shartnoma ko‘ra, ijara pulini ham to‘lab keldim”, — deydi “Sardor-Nur med servis” xususiy tibbiyot klinika rahbari Nurali Shoimov.

Aniqlanishicha, tuman tibbiyot birlashma rahbariyati Prezident rahbarligida bo‘lib o‘tgan majlisdan so‘ng tumanda 29 ta QVP faoliyat ko‘rsatmayotganini, Qorasuv va Xo‘jaxuroson QVPlari to‘liq tugatilganligini ma’lum qilgan. Shunga ko‘ra, bo‘sh turgan QVP binolari nodavlat tibbiyot tashkilotlariga berib yuborilgan.

Foto: “Daryo”

“Binoni qarovsiz va keraksiz paytda bizga berishdi, endilikda ishlarimiz yurishib, binoni qayta jihozlab, o‘zimizga moslashtirgan payt tortib olishmoqchi. Bo‘sh bino kerak bo‘lsa, 3 ta QVP binosi huvillab yotibdi-ku”, — deydi tadbirkor.

Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur vaziyatni izohlar ekan, Shahrisabz tumani tarkibidan Shahrisabz shahri ajralib chiqqach, tuman tibbiyot birlashmada bo‘sh turgan binolarga ehtiyoj ortgan. Shu sababdan ham viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Tursunov 2020-yil 23-yanvar kuni sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari B.Yusupaliyevga xat yozib, binoga ehtiyoj sezilayotganini, tadbirkor foydalanib kelayotgan bino 2020-yil 14-yanvardan boshlab sil dispanseriga berilishi lozimligini so‘raydi. Amalda esa 14-yanvarda sil dispanseri binoga ko‘chib kirishga ulgurgandi.

Foto: “Daryo”

“Men faoliyat yuritayotgan binoni spid markaziga berish to‘g‘risida qaror chiqarishdi. Shundan so‘ng sil dispanseri mas’ullari “binoga biz o‘tamiz” deb, xususiy klinikamni chiqarib yubormoqchi bo‘lishdi. Tuman prokuraturasiga murojaat qilganimdan so‘ng tinch qo‘yishdi. Endi esa 2019-yil sentabrdan boshlab yana bezovta qilishmoqda. Hatto kirish eshiklarini buzib, xonalardagi mebellarimni ham olib chiqib tashlashdi ”, — deydi Nurali Shoimov.

Foto: “Daryo”

Tadbirkor Nurali Shoimovning aytishicha, boshqarma 2020-yil vazirlikka xat bergan bo‘lsa-da, binoni tortib olish harakati 2018-yil boshlangan.

Foto: Nurali Shoimov

“2018—2023-yillar uchun tuzilgan besh yillik shartnomam bo‘lsa-da, narxlar oshishi hisobga olinib, har yili ijara shartnomasini yangilab borardik. Tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati meni ushbu binodan chiqarish harakatiga tushgach, prokuraturaga shikoyat qildim. Shundan so‘ng mas’ullar, jumladan, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Botir Jo‘rayev ham menga do‘q qilib, har qanday vaziyatda QVP binosidan majburlab chiqarishini aytdi. Va menga bosim o‘tkazayotgani uchun ‘olti martalab’ javob berishini ta’kidladi. Tuman tibbiyot birlashmasi esa 2020-yil uchun shartnoma tuzishdan bosh tortdi. Shu sababdan ham 2019-yil 10-dekabr kuni sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilib, xususiy klinikam taqdiri so‘roq ostida qolayotganini aytdim”, — deydi Nurali Shoimov.

Foto: Nurali Shoimov

Foto: Nurali Shoimov

Mazkur murojaatga javoban vazirlik holatni o‘rganib, 2020-yil 14-yanvar kuni tumanda Qorasuv QVPsidan tashqari Xo‘jaxuroson, Ommag‘on, Shovkan QVP binolari bo‘shligini, Shahrisabz tuman ftiziatriya dispenseri Shovkan QVP binosiga ko‘chirilib, xususiy tibbiyot tashkiloti — “Sardor-Nur med servis” bilan shartnoma tuzish tavsiya etiladi.

Foto: “Daryo”

“Vazirlik tavsiya qilgan joy bizga to‘g‘ri kelmaydi. Boisi, biz Qorasuv QVPga kelishdan oldin bu joylarda bo‘lganmiz. Dispanserimiz aholi yashash hududidan uzoq masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Vazirlik tavsiya qilayotgan QVP binolarida bunday imkoniyat yo‘q. Bitta Qorasuv QVPsi mazkur talabga javob beradi. Aholi xonadonlari ham uzoq masofada joylashgan”, — deydi Shahrisabz tuman ftizatriya dispanseri bosh vrachi Lobar Ergasheva.

Lobar Ergasheva.

Lobar Ergasheva.
Foto: “Daryo”

Ushbu hududda yashovchi aholi vakillaridan biri Zafar Daminovning so‘ziga ko‘ra, sil dispanserining Qorasuv QVP binosiga ko‘chib kelishi aholiga ma’qul emas.

“Nomi bilan sil dispanseri, bu yerga kelib-ketuvchi bemorlar farzandlarimiz sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaydi, deb kim kafolat bera oladi? Aslida bu hududga QVP kerak”, — deydi Zafar Daminov.

Zafar Daminov.

Zafar Daminov.
Foto: “Daryo”

Vazirlik o‘rgangan xulosada aytilishicha, Qorasuv QVP tuman tibbiyot birlashmasidan 8-10 km uzoqlikda bo‘lsa, Xo‘jaxuroson va Ommog‘on QVP 18-20 km masofada. Shovkan QVP esa 2 km uzoqlikda joylashgan.

Aholi uylari.

Aholi uylari.
Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yil 14-yanvar kuni Shahrisabz tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Ilhom Sharopov Qorasuv QVPsida faoliyat yuritayotgan xususiy klinikani chiqarib yuborib, binoga Shahrisabz tuman ftizatriya dispanserini kiritish haqida buyruq chiqaradi. Mazkur buyruq xususiy klinika rahbari va dispanser xodimlari o‘rtasida kelishmovchilik keltirib chiqaradi. Vaziyat dispanser xodimlari va binodan chiqmayotgan klinika rahbariyati bir-birini haqoratlashgacha boradi.

Foto: “Daryo”

“Biz qonuniy buyruqqa ko‘ra binoga ko‘chib keldik. Tadbirkorga buni tushuntirishga urindik, ammo foydasi bo‘lmadi”, — deydi Lobar Ergasheva.

Ta’kidlanishicha, dispanserga yuridik maqom berilgach ishchilar soni ko‘paygan. Ammo alohida bino berilmagan. O‘tgan vaqt davomida bir binodan boshqa binoga ko‘chib yurgan.

Foto: “Daryo”

“Biz ham alohida binoda faoliyat yuritishga haqlimiz, qolaversa, bu bino tuman tibbiyot birlashmasi balansida turibdi, binoni ijaraga berish yoki bermaslik rahbariyat ixtiyorida. Rahbariyat ijaraga berishni istamayotgan bo‘lsa, tadbirkor binoni tark etishi lozim-da”, — deydi Lobar Ergasheva.

Foto: “Daryo”

Nurali Shoimovning ma’lumot berishicha, mazkur binoga ko‘chib o‘tgach, o‘z mablag‘i hisobidan ichimlik suvi keltirgan. Xonalarni qayta jihozlab, tibbiyot klinikasiga moslashtirgan. Ammo ijaraga oluvchi sifatida bu ishlardan ijara beruvchini xabardor qilmagan.

“Bino berilgach, shart-sharoit og‘irligini ko‘rib, qarab turolmayman-ku. Ta’mirlab, xususiy klinikamga moslashtirdim, suv keltirib, qayta jihozladim”, — deydi Nurali Shoimov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Yangiyo‘lda kanalda cho‘kib ketgan 16 yoshli bolaning jasadi bir kun o‘tib topildi  — FVV
Mahalliy
Andijonda harakatlanib ketayotgan Matiz to‘liq yonib ketdi
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida