O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 59 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch nafar fuqaroda aniqlangan.

Avvalroq mazkur infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan bir nafar fuqaroda aniqlangani, O‘zbekistondagi bemorlar soni 56 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi davolanayotgan bemorlar orasida Toshkentdan tashqari Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar borligi, shuningdek, 2 nafar bemor Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani haqida ma’lum qilgandi.