“Taxtlar o‘yini” serialining yana bir yulduzi — Ellari Sand rolini ijro etgan britaniyalik aktrisa Indira Varmada ham koronavirus aniqlandi. Bu haqda Varma o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Kadr: HBO

“Hozirda koronavirus sabab to‘shakka mixlanganman va bu yoqimli emas. O‘zingizni asrang, sog‘ bo‘ling va yaqinlaringizga nisbatan mehribonlik qiling”, — deb yozadi 46 yoshli aktrisa.

Foto: Instagram / indypindy9

Shuningdek, u COVID-19 pandemiyasi sabab spektakllar bekor bo‘lganidan afsusda ekanligini bildirgan. Varmaning aytishicha, “Chayka” spektaklining tayyorgarlik jarayonini noma’lum muddatga qoldirishga to‘g‘ri kelgan.

Indira Varma “Rim”, “Kosti”, “Patrik Melrouz” kabi seriallarda suratga tushgan.

Avvarloq “Taxtlar o‘yini” serialidagi Tormund roli bilan mashhurlikka erishgan norvegiyalik aktyor Kristofer Xivyuda koronavirus aniqlangan edi.