So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Buxoroning Olot va Qorako‘l tumanlarida kartoshka 14 ming so‘mgacha oshgani aytilgandi. Tadbirkor esa 5 tonna kartoshka xarid qilib, aholiga 3,5 ming so‘mdan sotdi

    19.03.2020, 11:12 37221

    O‘zbekistonda barcha ta’lim muassasalari koronavirus tarqalishiga qarshi profilaktika maqsadida karantinga yopilishi ortidan ayrim fuqarolar o‘rtasida vahima boshlanib ulgurdi. Shu boisdan ham bozor va supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshib ketgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishiga yetdi

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Buxoroda ham ayrim ‘uchar’ tadbirkorlar tomonidan aholining sarosimaga berilganidan foydalanib, mahsulotlar narxini oshirib sotishga urinishi holatlari ko‘zga tashlandi”, — deya xabar  beradi “Daryo” muxbiri Laylo Hayitova.

    Buxoro shahridagi “Buxoro qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji sotish bozori” MChJ kechki bozoridagi holat o‘rganilganda kartoshka 5 ming so‘mdan 6 ming so‘mgacha, piyoz 4—4,5 ming so‘m, limon 15 mingdan 20 ming so‘mgacha sun’iy ravishda oshirilgani ma’lum bo‘lgan. Bu jarayonda noxush holatlar ham kuzatilgan.

    Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yil 15-mart kuni viloyatning barcha dehqon bozorlarida ko‘plab tadbirkorlar sabzavot mahsulotlari narxini o‘zboshimchalik bilan sun’iy oshirgan. 16-mart kuni esa sarosimaga berilgan aholi bozorlar va savdo do‘konlaridagi oziq-ovqat, sabzavot mahsulotlarini keragidan ortiq xarid qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu kuni viloyat Davlat soliq boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda viloyat hududidagi bozorlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sun’iy oshishining oldini olish yuzasidan ishchi-guruh tuzilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Hozir viloyatimizdagi mavjud barcha dehqon bozorlarida qattiq nazorat tartibi o‘rnatildi. Aholining sarosimaga tushishidan foydalanib, daromad topishga uringan tadbirkorlarga nisbatan choralar belgilanmoqda. Ayni paytda kartoshka narxlari 3—3,5 ming so‘m, piyoz esa 2—2,5 ming so‘mgacha tushirildi. Shuningdek, limon narxini 11 ming so‘mdan oshirmaslik talabi qo‘yildi. Karam kilogrammiga 700—800 so‘m, tuxum esa 470 so‘mdan 600 so‘mgacha belgilandi”, — dedi viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Ashurov.

    Surishtiruvga ko‘ra, 15-mart kuni Shofirkon, G‘ijduvon, Romitan va Peshku tuman dehqon bozorlarida birlamchi sabzavotlar narxi 40—50 foizga oshgan. Jumladan kartoshka 6—7 ming so‘mga, Qorako‘l va Olot tuman dehqon bozorlarida esa 14 ming so‘mgacha ko‘tarilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumotlarga ko‘ra, odamlardagi kuchli sarosima sabzavot mahsulotlarini keragidan ortiq sotib olishga undagan. Bozorlarda tartib-intizomni o‘rnatish va narx-navoni to‘g‘ri belgilash uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlar sababli xaridorlarning 5 kilogrammdan ortiq kartoshka xarid qilishi cheklangan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bu viloyatning boshqa bozorlariga ham kartoshkaning teng miqdorda tarqatilishi, shuningdek, aholi va fuqarolarning uni ehtiyojiga yarasha xarid qilishi imkonini yaratadi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida ayni paytda viloyatning barcha dehqon bozorlarida narx-navolar barqarorlashtirilgan”, — deya holatga baho beradi Sherzod Ashurov.

    Shunga qaramay, holat o‘rganilayotgan paytda Buxoro qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ulgurji sotish bozorida fuqaro Ulug‘bek Komilovning tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan hujjatsiz faoliyat yuritayotgani va kartoshkani 5 ming so‘mdan sotayotgani tasdig‘ini topdi. Shuningdek, ushbu bozorda aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan holatni vujudga keltirayotgan mahsulotlarni qimmat narxlarda sotayotgan fuqaro Jaloliddin Esanov ham hujjatsiz tadbirkor bo‘lib chiqdi.

    Ta’kidlanishicha, 15-mart kuni bozorlarda 1 kg sarimsoqpiyoz narxi 7,5 ming so‘mga, isiriq narxi 7—8 ming so‘mga sun’iy ravishda oshirilgan. Ayni paytda bir dona sarimsoqpiyoz narxi 2 ming so‘m, isiriq esa 2—2,5 ming.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Buxoro shahridagi Korzinka.uz’da ham bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yerda ham kartoshka muammosi mavjud.

    Savdo majmuasining meva-sabzavot va go‘sht mahsulotlari bo‘limi boshlig‘i, “Adolat Alisher zamini” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Sherali Saidovga ko‘ra, ushbu masala bartaraf etiladi. Mazkur bo‘lim xodimlarining bildirilishicha, aholi tushkunlik va sarosimaga tushgani bois, tadbirkor dehqon bozoridan 5 tonna kartoshkani 5,5 ming so‘mdan xarid qilib, aholiga 3,5 ming so‘mdan sotgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bizda mahsulotlar, albatta, bozor narx-navosidan farq qiladi. Lekin narxlar o‘zgarmagan. Aholi sarosimaga tushgan paytda ularni to‘g‘ri tushunib, qo‘llab-quvvatladik. Qaysi mahsulot turidan talab qilishlariga qaramay, topib berish choralarini ko‘rdik. Ikki kunda bo‘shab qolayotgan rastlarni har yarim soatda to‘ldirib turdik. Keragidan ortiq xarid qilish isrofgarchilik oqibatlariga olib kelishi borasida tushunchalar berishga ham harakat qildik. 18-martdan boshlab odamlarga ko‘mak sifatida go‘sht va meva-sabzavotlar bo‘limiga kirib keladigan har bir xaridorga bepul tibbiy niqoblar tarqatishni boshladik”, — dedi tadbirkor Sherali Saidov.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev narxlarni asossiz oshirayotganlar haqida: “Birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmaydi!”

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    O‘zbekistondagi 4 ta viloyatda yoshlarning ekologiya va fermerlik borasidagi bilimlarini oshiruvchi maxsus o‘quv markaz tashkil etiladi

    Kecha, 22:25

    Shoygu Ukrainadagi urush 2025-yilgacha davom etishini aytdi

    Kecha, 22:10

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    Kecha, 22:10

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistondagi bog‘cha va maktab bolalariga berilgan yod ishlab chiqaruvchisi xalqaro qidiruvda ekani aytilmoqda

    18:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?