Iordaniyaning Amman shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha litsenzion musobaqaning final uchrashuvlari 11-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Boks federatsiyasi

-57 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Mirazizbek Mirzahalilov hal qiluvchi bahsda mezbonlar vakili Mohammad Alvadiga qarshi jang qildi. Jangda katta ustunlikka ega bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschi bir ovozdan (5:0) g‘olib deb topildi.

11-mart kuni shuningdek, Elnur Abduraimov va Bahodir Jalolov ham final bahslarida ishtirok etadi.

Barcha janglarni Telegram’dagi UFCBOXUZ kanalida tomosha qilish mumkin.