So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi bo‘yicha 11-martning asosiy xabarlari

    11.03.2020, 21:19 103355

    Kasallanganlar va vafot etganlar

    Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 3158 kishiga yetdi, kasallikni yuqtirib olganlar soni esa qariyb 81 mingga yaqinlashib qolgan.

    “Sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiya 31 ta provinsiyada 80 778 kishida koronavirus aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi. Hozirgi vaqtda ularning 16 145 nafari kasal (4492 nafarining ahvoli og‘ir), 61 475 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 3158 kishi esa vafot etgan”, — deyiladi Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabarida.

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 117 ming kishidan oshib ketgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 63 578 kishini tashkil etmoqda.

    Xitoyda so‘nggi bir sutka davomida qayd etilgan COVID-19 koronavirusi infeksiyasining 24 holatidan 10 tasi boshqa davlatdan yuqtirilgan, Xitoyning 25 ta hududida birorta ham koronavirusga chalinishning yangi holati aniqlanmagan.

    Foto: “Vesti.ru”

    Foto: “Vesti.ru”

    Buyuk Britaniya hukumatidagi bemor xavfsizligi, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish va ruhiy salomatlik bo‘yicha vazir o‘rinbosari Nadin Dorris yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Dorris o‘tgan hafta Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning qabulida bo‘lgan. Shuningdek, u parlament va vazirlikdagi yuzlab odamlar bilan uchrashgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Janubiy Koreyada so‘nggi bir sutka ichida COVID-19 koronavirusi infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq yangi holat o‘tgan kunga nisbatan ikki baravar ko‘payib, mamlakatda kasallikka chalinganlarning umumiy soni 7382 kishiga, qurbonlar soni esa 60 kishiga yetdi. Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti 41 nafar bemor sog‘ayib, uyiga javob berilgan (sog‘ayganlar jami 288 kishiga yetgan), yana 18 540 kishining tahlillari hali o‘rganilayotgani haqida ma’lum qildi.

    Italiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 ming kishidan oshdi. Vafot etganlar esa 631 kishiga yetdi.

    Turkiyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlandi.

    Shuningdek, Gruziyada ilk bor o‘smir yigitda koronavirus aniqlandi. Mamlakatda hozirgi vaqtga kelib 23 kishida koronavirus aniqlangan. “O‘n ikki yoshli bolakay izolyatsiyada bo‘lgan guruh a’zolari bilan shifoxonaga olib kelindi va ularda virus borligi tasdiqlandi”, — deyiladi Tengiz Sersvadze nomidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi boshlig‘i xabarida.

    O‘zbekistondagi vaziyat

    Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshiriqlar berdi.
    Hozirda jahon bo‘ylab koronavirus infeksiyasining (COVID-19) tarqalishi O‘zbekiston aholisini ham ma’lum ma’noda xavotirga solmoqda. Dunyoda jamoat salomatligi tizimini, go‘yoki, sinovdan o‘tkazayotgan ushbu xastalikning O‘zbekistonga kirib kelmasligini ta’minlash, avvalo, mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi, profilaktika ishlarini yanada yuqori darajaga ko‘tarishni taqozo etadi.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shu munosabat bilan, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga bu borada ko‘rilayotgan karantin va profilaktika choralari bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘zbekistonda 1900 dan ortiq kishi koronavirus bo‘yicha tibbiy kuzatuvda turgani hamda mamlakatda shu kungacha koronavirus qayd etilmaganini ma’lum qildi.

    Foto: The Hill

    Foto: The Hill

    AQSh mudofaa vaziri Mark Esper koronavirus tufayli O‘zbekiston, Hindiston va Pokistonga tashriflarini bekor qildi. Pentagon vakili Alissa Fara o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali: “Ehtiyot chorasi sifatida mudofaa vaziri Esper Hindiston, O‘zbekiston va Pokistonga safarlarini keyinga qoldirishga, AQShda qolishga va Mudofaa vazirligiga koronavirusga qarshi kurashda yordam berishga qaror qildi”, — deb ma’lum qildi.

    O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 12—16-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” dunyo boֲ‘ylab koronavirus tarqalishi sababli keyinga qoldirildi. Qo‘mita tomonidan ta’kidlanishicha, “Ziyorat turizmi haftaligi” o‘tkaziladigan sana aniq bo‘lishi bilan bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

    Toshkent shahridagi “Toshshahartransxizmat” tasarrufidagi avtobuslarda va avtoshohbekatlarda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Tailand koronavirus sababli O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatdi. Tailand hukumati O‘zbekistondan tashqari yana 17 mamlakat fuqarolari uchun ham kirish vizalarini berishni cheklagan.

    Jahondagi vaziyat

    UNESCO tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda koronavirus tufayli kuzatilayotgan inqiroz butun dunyoda 363 million o‘quvchi va talabani qamrab olgan. Bunda 57,8 million nafar talaba, qolgani esa maktab yoshigacha bo‘lgan hamda maktab o‘quvchilari ta’lim olishdan uzilib qolgan. Shu tarzda koronavirus sababli jahonda har beshinchi o‘quvchi maktabga, har to‘rtinchi talaba oliy o‘quv yurtiga bora olmayapti.

    Foto: “Vzglyad”

    Foto: “Vzglyad”

    Ozarbayjon hukumati mamlakatda Navro‘z bayrami tadbirlarini o‘tkazishni bekor qildi. Ozarbayjon koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha operativ shtabi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan maslahatlashuvlardan so‘ng barcha ommaviy tadbirlarni boshqa vaqtga ko‘chirishga qaror qildi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Qatar Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus xavfi sababli barcha restoran va qahvaxonalarda chilim chekishni vaqtincha taqiqladi. Shifokorlarning fikricha, chilim chekish uchun bir martalik plastik naycha ishlatilsa ham, ular koronavirus tarqalishining manbasi bo‘lishi mumkin. Qatarda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 18 ta holat aniqlangan.

    Ko‘rishni qat’iy tavsiya qilamiz: Koronavirus o‘chog‘iga borgan Xitoy rahbari, Putinga “yo‘q” degan ruslar, “dushman”ga otilgan it. 10-mart suratlari

    Futbol bo‘yicha Ispaniya va Fransiya chempionati koronavirus sabab muxlislarsiz o‘tkaziladi: Fransiya chempionati bahslari 15-aprelga qadar bo‘sh stadionlarda o‘tadi, Ispaniyada esa Primera va Segundaning keyingi ikki turi tomoshabinlarsiz o‘tadi.

    Shuningdek, koronavirus sabab “Manchester Siti”—“Arsenal” uchrashuvi qoldirildi. Bunga koronavirusga chalingan “Olimpiakos” xo‘jayinining “Arsenal” vakillari bilan aloqada bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Britaniyalik olimlar o‘z xohishi bilan koronavirusni yuqtirib olmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilarga 3,5 ming funt sterling mukofot puli va’da qilmoqda. Londonda joylashgan The Queen Mary BioEnterprises innovatsiya markazi o‘z tadqiqoti uchun 24 nafar odam izlamoqda. Ushbu odamlarga 4 ming nafar odamning yostig‘ini quritgan koronavirusning eng kuchsiz birliklari orqali kasallik yuqtiriladi.

    Bloomberg talqiniga ko‘ra, Alibaba asoschisi Jek Ma Osiyoning eng boy odami deb topildi. Jek Ma ushbu maqomni qo‘lga kiritishiga jahon bozorida neft narxining “qulashi” va hindistonlik milliarder Mukesh Ambanining 5,8 milliard dollar yo‘qotgani sabab bo‘lgan.

    Yevropa banklari 34 milliard dollar sof foydadan mahrum bo‘lishi mumkin. Bunga jahonning 110 dan ortiq mamlakatida koronavirus infeksiyasi tarqalishi sabab bo‘lmoqda.

    Nyu-Yorkda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan xalqaro avtoshou koronavirus sabab avgust oyiga qoldirildi. 10—19-aprel kunlari bo‘lishi kerak bo‘lgan shouni besh oydan keyin o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

    Google koronavirus tufayli o‘z xodimlariga uydan ishlashni tavsiya qildi. Kompaniyaning Shimoliy Amerikadagi ofislarida kamida 100 ming kishi mehnat qiladi.

    AQShning Nyu-York shahrida 13-mart, juma kuni, “Koronavirus fonida biznes yuritish” (Doing Business Under Coronavirus) konferensiyasi o‘tkazilishi kerak edi. Tadbir koronavirus tufayli qoldirildi.

    Har kuni kechqurun faqat bitta xabar jo‘natamiz. “Daryo” oqshomi — kun davomida ro‘y bergan barcha voqea-hodisalar dayjesti Telegram-kanali: @daryooqshomi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liga. “Barselona” safarda durang natija qayd etdi

    Bugun, 02:34

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?