Daryo

Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat qayd etildi

Kasallikka chalingan shaxs — Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan Turkiya fuqarosi

1 daqiqa o‘qish145 868 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Turkiyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Kojaga tayanib, Anadolu agentligi xabar berdi.

Foto: AP Photo

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan shaxs — Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan Turkiya fuqarosi. “Bemorning umumiy ahvoli yaxshi. Uning barcha oila a’zolari va u bilan muloqotda bo‘lganlar nazorat ostida”, — deydi Koja.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 113 ming kishidan oshib ketgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 63 578 kishini tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov esa O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ma’lum qildi. Mavzuga doir: Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “O‘rtoqlar, bizga — 16-kasalxonaga ikkita koronavirus keldi, ehtiyotlaringni qilinglar, Toshkentda juda ko‘payib ketgan koronavirus, lekin buni yashirishyapti. Ikki qavat niqob taqinglar, ko‘zlaringga ko‘zoynak taqinglar, chunki koronavirus ko‘zning shilliq qavatidan yuqadi”, — degan audioxabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu ma’lumot haqiqatga zid.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar