Daryo

“Toshshahartransxizmat” AJ avtobuslarida maxsus sanitariya tadbirlari o‘tkazilmoqda

“Bunday tadbirlar poytaxtdagi barcha avtoshohbekatlarda ham amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda

1 daqiqa o‘qish46 622 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, jamoat joylarida tartib va ozodalikni saqlash maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobuslarda maxsus sanitariya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Shuningdek, bunday tadbirlar poytaxtdagi barcha avtoshohbekatlarda ham amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Dunyoning 110 dan ortiq mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi tarqalgani sabab Toshkentda o‘tishi rejalashtirilgan Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi hamda 12—16-mart kunlari o‘tkazilishi lozim bo‘lgan “Ziyorat turizmi haftaligi” qoldirilgan. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusni yashirish imkonsizligi, agar kasallik mamlakat hududida qayd etiladigan bo‘lsa, unga qarshi kurash uchun dori vositalarining zaxirasi, shuningdek, profilaktika bo‘yicha imkoniyatlar yetarli ekanini bildirgan. Vazirlik rahbari O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan 1760 ta laboratoriya tahlilining birortasida ham virus aniqlanmaganini ham qayd etgan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar