• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev bir qator sohalarga doir loyihalar bilan tanishdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-mart, seshanba kuni, mamlakat hayotining qator sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, davlat rahbarining shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish eng ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

    “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” uchun qabul qilingan davlat dasturida 2020-yilda “Raqamli O‘zbekiston—2030” strategiyasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Ta’kidlanishicha, dunyo yalpi mahsulotining 15,5 foizgacha ulushini raqamli iqtisodiyot tashkil etmoqda. So‘nggi 15 yil ichida raqamli iqtisodiyot global yalpi mahsulotga nisbatan 2,5 barobar tez oshgan.

    Mamlakatda yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobarga oshirish maqsad qilingan. Bunga erishishda raqamli iqtisodiyot mexanizmlaridan keng foydalanish muhim o‘rin tutadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, keyingi yillarda dunyoda “raqamli shahar” konsepsiyasi ommalashmoqda. Shu tajribadan kelib chiqib, “Raqamli Toshkent” tizimini joriy etish, uni ikki yil davomida sinovdan o‘tkazib, boshqa hududlarga esa tayyor dasturiy ta’minotlarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

    Taqdimotda raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

    “Tibbiyot muassasalari pasporti”, UzTrans, turistlar hisobini yuritish bo‘yicha E-Mehmon va boshqa axborot tizimlari mamlakat aholisi hamda mehmonlariga katta qulaylik yaratdi, deyiladi xabarda.

    Prezident 2020-yilda bolalar bog‘chasi, masofaviy ta’lim, shahar jamoat transportlari uchun yagona elektron chipta, qurilishni nazorat qilish, elektron tibbiyot kartasi kabi yangi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Masalan, elektron tibbiyot kartasi joriy etilsa, shifokorlarning qog‘oz to‘ldirishga ketadigan vaqti ancha qisqarib, aholi bilan ishlashi uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi.

    Shu maqsadda Toshkent shahridagi 15 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 11 ta ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda 62 ta poliklinika “Yagona elektron tibbiy karta” va “Elektron poliklinika” axborot tizimiga ulanib, xususiy klinikalar bilan integratsiya qilinadi. Bunday tizim boshqa soha va tarmoqlarda ham tatbiq etiladi.

    Dasturiy mahsulotlar uzluksiz va samarali ishlashi uchun infratuzilma zarurligi qayd etilar ekan, barcha davlat muassasalarini yuqori tezlikda ma’lumot uzatish tarmog‘iga ulash, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Aholi, ayniqsa yoshlar orasida raqamli ko‘nikmalarni takomillashtirish, “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish belgilangan.

    Bugungi kunda Toshkent shahrida 600 dan ortiq sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan. Ammo ushbu yo‘nalishda qilinayotgan ishlar hali ham yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Telekommunikatsiya infratuzilmasi “raqamli shahar” konsepsiyasining asosi ekanligini hisobga olib, ikki yil mobaynida 1,5 mingdan ziyod ijtimoiy obyektni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berildi.

    Davlat rahbari Toshkent shahar hokimligi tarkibida ta’lim, tibbiyot, uy-joy kommunal, transport, qurilish, kadastr va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha alohida loyiha ofislari tashkil etish zarurligiga e’tibor qaratdi. Bunday tuzilmalarda dasturchilar har bir soha mutaxassislari bilan birgalikda o‘sha sohaga mos dasturiy ta’minot yaratadi, ularni sinovdan o‘tkazib, hayotga tatbiq etadi. Zarur hollarda boshqa sohaga tegishli dastur bilan bog‘liqligini ta’minlaydi.

    “Raqamli Toshkent” loyihasini moliyalashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Bu jarayonda davlat-xususiy sheriklik asosida biznes doiralarning faol ishtiroki uchun sharoit yaratish kerakligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Elektron hukumat” tizimi orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, ularni elektron shaklga o‘tkazish ishlarini jadallashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Davlat rahbari ijtimoiy obyektlar qurilishiga doir taqdimotlar bilan ham tanishdi.

    Prezidentning 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy arxiv binosi qurilishi uchun ishlab chiqilgan yangi loyiha shulardan biri.

    Milliy arxiv fondi o‘zining ko‘lami, hajmi, noyobligi jihatidan mintaqada yetakchilardan. Hozir bu yerda 1,8 million saqlov birligidan ortiq turli davrga oid hujjatlar saqlanadi.

    Qurilishi ko‘zda tutilgan yangi arxiv binosi zamonaviy arxitektura yechimlari va talablarni to‘liq o‘zida mujassam qiladi. Inshoot 1-toifadagi alohida muhim obyektlarning talab va mezonlari asosida barpo etiladi. Eng avvalo, arxiv saqlovxonalari sig‘imini 3 million hujjatga mos holda oshirish, repozitoriy uchun joy tashkil etish, o‘quv zalini kengaytirish, tadqiqotchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuqori darajada ta’minlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga sharoitlar yaratiladi.

    Qolaversa, ushbu loyihalarda turizmni rivojlantirish maqsadida xorijiy fuqarolarni jalb qilgan holda arxiv ko‘rgazmalarini tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘zda tutilgan.

    Taqdim etilgan loyihada ulkan o‘quv zali majmuasi, anjumanlar va ko‘rgazmalar uchun zallar, ilmiy ma’lumotlar kutubxonasi hamda muzey, kinozal, bufet va muzokaralar uchun xonalar inobatga olingan.

    Davlat rahbari Toshkent shahrida bunyod etiladigan muhtasham kutubxona, eski shahar hududini tarixiy ko‘rinishdagi turistik savdo zonasiga aytantirish loyihalari bilan ham tanishdi. Prezident mazkur loyihalarni yanada takomillashtirish, aholi uchun keng qulayliklar yaratish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

    Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi komplekslarining namunaviy loyihalari taqdimot qilindi. Ma’lumki, davlat rahbarining 2020-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida Mahalla markazi majmualarini qurish ko‘rsatib o‘tilgan. Shundan kelib chiqib, loyihalarda innovatsion texnologiyalardan, arzon, energiya tejamkor materiallardan foydalanish nazarda tutilgan. Ularni davlat-xususiy sheriklikning shartlari asosida puxta, sifatli va namunaviy loyihalar asosida qurish belgilangan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda barpo etiladigan ushbu komplekslarning namunaviy loyihalari bilan yaqindan tanishib o‘z ko‘rsatmalarini berdi.

    Shuningdek, ichki ishlar organlarining tashkiliy tizimini isloh qilishga, shu jumladan, mamlakat miqyosida va tumanlar kesimida kuch va vositalarni boshqarishning yangi mexanizmlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.

    Ichki ishlar organlari boshqaruv tizimidagi qator rahbarlik lavozimlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Bu huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida kundalik faoliyatni samarali tashkil etish uchun qulay sharoitlar yaratadi.

    Toshkent shahar ichki ishlar organlari ishining natijalari muhokama qilinib, 2020-yilda poytaxtda jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini yanada oshirishning asosiy konseptual yo‘nalishlari to‘g‘risida axborot berildi.

    Ushbu yangi tartib ichki ishlar organlari xizmat va bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, mavjud byurokratiya holatlarini qisqartirish, joylarda shaxsiy tarkibni boshqarish bo‘yicha sifat jihatidan yangi tizimni bosqichma-bosqich yaratish maqsadida joriy etilmoqda.

    10.03.2020, 22:54   Izoh (0)   17234
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Halqa tobora qisqarmoqda”. Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus xavfi to‘g‘risida gapirdi

    10.03.2020, 21:53

    “Inson 20 yildan keyin ham shu yurtda prezident bo‘lishini aniq bilsa, rejali, to‘g‘ri qarorlar chiqaradi”. Tvitteriston, 10-mart dayjesti

    10.03.2020, 21:37

    O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ziyorat turizmi haftaligi” koronavirus sababli qoldirildi

    10.03.2020, 21:21

    O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha o‘tkazilgan 1760 ta laboratoriya tahlilining birortasida ham virus aniqlanmadi

    10.03.2020, 20:52

    Elmira Bositxonova: Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida nimalargadir ulgurdim, nimalargadir kuchim yetmadi

    10.03.2020, 20:36

    O‘zbekistonda 1-apreldan maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining maoshi oshadi

    10.03.2020, 20:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Falastinga nasbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.