• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Koronavirus dunyo bo‘ylab do‘konlarni ship-shiydam qildi. Odamlar sanitayzerlar, hojatxona qog‘ozi va suli sutini bitta qoldirmay sotib olmoqda

    Koronavirus epidemiyasi uch mingdan ortiq odamning o‘limiga, fond bozorlarining qulashiga va chegaralarning yopilishiga sabab bo‘ldi, bundan tashqari xarid vahimasini ham keltirib chiqardi. Bu vahima fevral oyida Osiyoda boshlangan edi, virusning tarqalishidan kelib chiqib, asta-sekin Yevropa va Shimoliy Amerikaga ham ko‘chdi. Butun dunyo bo‘ylab odamlar mahsulot taqchiligi yuz berishidan xavotirlanib, hojatxona qog‘ozi, dezinfeksiya vositalari, dori va oziq-ovqat zaxirasini yaratib qo‘yay, deya do‘kon peshtaxtalarini bo‘shatib tashlayapti.

    Tokiodagi do‘kon, 2020-yil 1-mart.

    Tokiodagi do‘kon, 2020-yil 1-mart.
    Foto: AFP/Meduza

    Meduza bu borada jahonning turli mamlakatlarida kuzatilayotgan holatlarni birma-bir ko‘rsatdi.

    Rossiya

    4 kishi koronavirus bilan kasallangan

    Koronavirus infeksiyasidan himoyalanish maqsadida rossiyaliklar tibbiy niqoblar (vaholanki, virusni yuqtirmagan odamlar uchun uning foydasi yo‘q), antiseptik vositalar, shuningdek, “Arbidol” va virusga qarshi boshqa preparatlarni sotib olishni boshladi (e’tiborga molik jihati, “Arbidol”ning samarali ekani isbotlanmagan). Ushbu barcha mahsulotlarning savdolari o‘nlab va hatto yuzlab barobar o‘sdi. Hukumat mazkur mahsulotlar narxini nazorat qilishga va’da berdi, keyinroq esa tibbiyot niqoblari, respiratorlar, bintlar, tibbiyot paxtasi va kimyoviy himoya liboslarini Rossiya hududidan olib chiqib ketishni taqiqladi.

    https://twitter.com/CurrentTimeTv/status/1234801244717408261

    Avstraliya

    53 kishi koronavirusni yuqtirib olgan

    Avstraliyaliklar asosan hojatxona qog‘ozi zaxirasini yaratishga harakat qilmoqda. Twitter’ning mahalliy segmentida #toiletpapergate va #toiletpapercrisis heshteglari ommalashib ketgan. Mamlakatdagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i hisoblangan Woolworth bir qo‘lga to‘rt qadoqdan ortiq hojatxona qog‘ozi sotishni taqiqladi, Costco tarmog‘ida esa cheklov bundan-da battar — bir qo‘lga bir qadoqdan ortiq berilmayapti. Tamvort shahridagi Big W do‘koni xodimlari esa hojatxona qog‘ozi sotib ololmagani uchun sotuvchilarga tashlangan xaridorni deb politsiyani chaqirishga majbur bo‘ldi.

    https://twitter.com/renaessance_/status/1235414782489923584

    Darvin shahridagi Northern Territory News xiyobon gazetasi esa hojatxona qog‘ozi yetishmovchiligi muammosini hal qilishga o‘ziga xos yechim taklif qildi — gazetaning bir soni sakkizta bo‘sh sahifa bilan chiqarildi.

    https://twitter.com/TheNTNews/status/1235320458733588482

    Buyuk Britaniya

    90 kishi koronavirus bilan kasallangan

    Britaniyaliklar asosan himoya vositalari va oziq-ovqat — tibbiyot niqoblari, sanitayzerlar, konservalar, qadoqlangan suv, hayvonlar uchun oziqa, virusga qarshi preparatlar sotib olmoqda. Ajiotaj sabab Boots dorixonalar tarmog‘i va Lidl supermarketlar tarmog‘i bir qo‘lga ikki shishadan ortiq sanitayzer sotishni to‘xtatdi, Ocado onlayn-supermarketi esa mijozlarga bir necha kun oldindan buyurtma berishni tavsiya qilmoqda.

    https://twitter.com/MisaWilliam/status/1234485317966684161

    Oziq-ovqat bilan chakana savdo qilish sohasi eksperti, Tesco do‘konlar tarmog‘ining ta’minot bo‘yicha sobiq direktori Bruno Monteynning ta’kidlashicha, bundan keyingi xarid vahimasi taqchillikni keltirib chiqaradi. Biroq Monteynning ta’kidlashicha, chakana savdo tarmoqlarida bu borada “B” reja ham bor: ular asosiy mahsulotlarning uzluksiz ta’minotiga e’tibor qaratish maqsadida mahsulot assortimentini qisqartiradi.

    https://twitter.com/alexhofford/status/1234556437386362881

    AQSh

    129 kishi koronavirus bilan kasallangan

    Catalina tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda ham boshqa mamlakatlardagi kabi sanitayzerlar ommaviy tarzda sotib olinmoqda (ularning savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 619 foizga o‘sgan), shuningdek, quruq sut, oqartirgich, suyuq sovun, loviya va yorma sotuvi ham sezilarli o‘sgan. Ayni vaqtda Nielsen tahlil kompaniyasi ma’lumotlari biroz boshqacharoq: uning ta’kidlashicha, AQShda eng ko‘p tibbiyot niqoblari va suli sutining savdosi (o‘tgan yilga nisbatan 300 foizga) oshgan. Undan keyingi o‘rinlarda qurilish niqoblari, sanitayzerlar va termometrlar bormoqda.

    https://twitter.com/kldmills/status/1233574443697549312

    https://twitter.com/TinaBietler/status/1232708201243664384

    Germaniya

    349 kishi koronavirus bilan kasallangan

    Germaniya aholisi un, konservalar, makaron va suli suti, shuningdek, non va pishloqni ommaviy tarzda sotib olmoqda. Do‘kon peshtaxtalaridan sanitayzer va hojatxona qog‘ozini topish qiyinlashib qolgan. Twitter’da #Hamsterkauf heshtegi paydo bo‘lgan (taxminiy tarjimasi — “og‘maxonning xaridlari”), matbuot esa hukumatning favqulodda vaziyatlarda zaxirasini yaratib qo‘yish tavsiya qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati borligini eslatmoqda (ro‘yxat so‘nggi bor 2018-yilda yangilangan). Aytmoqchi, ushbu ro‘yxatda o‘ylanmagan xaridlardan chekinish va mahsulotlarni yeb qo‘ya oladigan miqdoringizda sotib olish tavsiya qilinadi.

    https://twitter.com/PiratKSegatz/status/1233127858274480129

    Yaponiya

    1036 kishi koronavirus bilan kasallangan

    Yaponlar xuddi avstraliyaliklar kabi hojatxona qog‘ozini g‘amlab qo‘yishga kirishgan. So‘nggi bir hafta davomida yaponlar Twitter’da endi taqchil mahsulotga aylanib qolgan hojatxona qog‘ozlari haqida 200 mingga yaqin post qoldirgan. Vahimaga hojatxona qog‘ozi uchun zarur xomashyo importi koronavirus sabab to‘xtatilgani haqidagi mish-mishlar sabab bo‘lgan. Hukumat Yaponiyada sotilayotgan hojatxona qog‘ozining 98 foizi mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilishini, shunday ekan, xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi. Lekin endi yaponlarni to‘xtatib bo‘lmay qolgan: ular hatto kafelardagi hojatxona qog‘ozlarini ham o‘g‘irlab ketmoqda.

    https://twitter.com/DJ_meatkun/status/1234040333417107459

    Hojatxona qog‘ozidan tashqari, yaponlar qog‘oz sochiqlar, suyuq sovun, tagliklarni ham “ovlamoqda”. Shuningdek, guruch, makaron, konservalar, soyali natto loviyalari kabi oziq-ovqat mahsulotlarini faol sotib olmoqda.

    https://twitter.com/JTQuigley/status/1233321263692599296

    Yana bir nechta bo‘sh peshtaxtalar

    Janubiy Koreya

    “Tegu shahridagi vahimali xaridlar: qo‘rquvda qolgan odamlar Gamsam tumanidagi Emart supermarketi peshtaxtalarini ship-shiydam qilib ketdi”

    https://twitter.com/irinamow/status/1230528369193734145

    Fransiya

    “Yo‘q, yo‘q, bu vahima emas...”

    https://twitter.com/valjerome1/status/1234404737073713153

    Italiya

    “Bu Shimoiy Italiyadagi mening supermarketim. Atrofda hamma niqob taqib yuribdi. Odamlar zaxiraga oziq-ovqat va birinchi galda zarur mahsulotlarni sotib olish maqsadida tungi soat 11 da navbatda turibdi”

    https://twitter.com/xniallssecret/status/1231699360750198788

    Indoneziya

    “Mamlakatda koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq birinchi holat e’lon qilinganidan so‘ng indoneziyaliklar oziq-ovqatni g‘amlab qo‘yish uchun supermarketlarni to‘ldirdi”

    https://twitter.com/apathoni/status/1234451613500297216

    Mavzuga doir:

    • “Daryo” oqshomi: Koronavirus bo‘yicha 5-martning asosiy xabarlari
    • Koronavirusni deb jahon bo‘ylab qaysi tadbirlar bekor qilindi yoki boshqa sanaga qoldirildi? Ro‘yxat
    • Video: Odamlar koronavirus sabab qo‘l berib salomlashmaslikka intilmoqda. Epidemiya vaqtida antiqa salomlashish usullari haqida
    • O‘zbekistonda koronavirus tarqalganini rad etgan SSV aholini kasallikdan himoyalanishga undovchi SMSlar jo‘nata boshladi

    05.03.2020, 22:41   Izoh (0)   38814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Koronavirusni deb jahon bo‘ylab qaysi tadbirlar bekor qilindi yoki boshqa sanaga qoldirildi? Ro‘yxat

    05.03.2020, 21:57

    Yevropa Ittifoqi Turkiyaning siyosiy maqsadlarda muhojirlarga bosim o‘tkazayotganini qoraladi

    05.03.2020, 19:42

    Otishma, portlash va o‘lim. Amerikaning eng uzoq davom etgan urushi — suratlarda

    05.03.2020, 18:56

    Erondagi baland binolardan biriga koronavirusdan himoya niqobi montaj yordamida “kiydirildi” (video)

    05.03.2020, 15:59

    Xitoyda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanishi mumkinligi taxmin qilindi

    05.03.2020, 15:09

    Tramp koronavirusga qarshi kurashda AQSh Eronga yordam berishga tayyorligini bildirdi

    05.03.2020, 14:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.