Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin (35-2-1, 24 KO) superog‘ir vaznda WBC vaqtinchalik chempioni Dillian Uaytga (27-1, 18 KO) qarshi jang qiladi.

Foto: Yandex Photos

Foto: Yandex Photos

Mazkur to‘qnashuv 2020-yilning 2-may kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi. Bokschilar ishtirokidagi matbuot anjumani esa 4-mart sanasiga belgilangan. Bu haqda Povetkin hamkorlik qiladigan “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi rahbari Andrey Ryabinskiy ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning dekabrida Povetkin Maykl Hanter bilan jang qilgan va bellashuv durang bilan yakun topgandi.

Ma’lumot uchun, Povetkin havaskor boks bo‘yicha ikki karra Yevropa chempioni, shuningdek, Jahon chempionati va Olimpiada oltin medallari sohibi hisoblanadi. Professional boksda esa 35 jang o‘tkazib, ularning 24 tasini nokaut bilan yakunlagan.

WBC reytingi yetakchisi Uayt esa prof boksda 27 ta jangda qatnashgan va faoliyatidagi yagona mag‘lubiyatni Entoni Joshuadan qabul qilib olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi