Osiyo futbol konfederatsiyasi Chempionlar Ligasi 2-tur bahslari yakuni bo‘yicha ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.

Foto: OFK

Undan “Paxtakor” markaziy himoyachisi Sherzod A’zamov ham o‘rin oldi. 30 yoshli futbolchi “Shahr Xodro”ga qarshi kechgan bahsda (3:0) jamoasining quruq o‘yin o‘tkazishiga yordam berdi.

OChL 2-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing:

Darvozabon: Apirak Voravon (“Changrei Yunayted”);

Himoyachilar: Gotoku Sakai (“Vissel Kobe”), Sherzod A’zamov (“Paxtakor”), Tiago Martins (“Yokogama”), Daigo Nishi (“Vissel Kobe”);

Yarim himoyachilar: Kamol Kamyabinla (“Persepolis”), Takahiro Ogihara (“Yokogama”), Akrom Afif, Hassan al-Haydos (ikkisi “As-Sadd”);

Hujumchilar: Teruhito Nagava (“Yokogama”), Bafetimbi Gomis (“Al-Hilol”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!