• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Sportga juda tashna odam va narkoman: nega ularning farqi deyarli yo‘q?

    Inson ba’zan biz foydali deb hisoblaydigan mashg‘ulotlarga ham qaramlikka duch kelishi, bu esa ko‘pincha narkotik moddalardan kam bo‘lmagan darajada jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Sportga qaramlikning oqibatlari va undan chiqish yo‘llari haqida psixolog Sarvinoz Omonova hikoya qiladi.

    Bir paytlar narkotik va alkogolga qaramlikdan aziyat chekkan Eminem bir necha bor o‘lim yoqasiga kelib qoladi. Shunday holatlarning birida bunga chek qo‘yishga qaror qiladi. 2009-yildan so‘ng qo‘shiqchi spirtli ichimliklar iste’moli va narkotikdan voz kechadi. Ammo unda yangi qaramlik paydo bo‘ladi — yugurish. Uning o‘zi shunday deydi: “Boshida kuniga uch mil yugurdim, keyin esa — olti, keyin — o‘n, so‘ng — o‘n besh, so‘ngra — o‘n yetti… Aqldan ozayotganimni tushundim. Shunchaki bir qaramlikni boshqasiga almashtirgandim. Ba’zi kunlari oyoqda zo‘rg‘a turardim”.

    Ha, yugurish Eminem uchun haqiqiy qaramlikka aylangandi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ko‘pchilik qaramlik deganda ko‘z oldiga narkotik moddalar, alkogol mahsulotlariga ruju qo‘yish, chekish, videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketish singari zararli odatlarni ko‘z oldiga keltiradi. Ammo biz foydali deb hisoblaydigan mashg‘ulotlarga ham qaramlik mavjud. Ular narkotik moddalardan kam bo‘lmagan darajada jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Yana bir salbiy jihati shundaki, ijobiy hisoblanuvchi mashg‘ulotlarga qaramlikni ko‘pchilik zararli ekanini bilmaydi, aksincha, u g‘urur manbayiga aylanadi, atrofdagilar olqishiga sazovor bo‘ladi. Jumladan, sportga qaram odamlarni ijtimoiy tarmoqlarda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari sifatida olqishlanadi, ular ham o‘z “ustunligi”dan faxrlanadi. Lekin tanganing ikkinchi tomonida nima borligiga qiziqib ko‘rish kerak. Ushbu maqolada sportga qaramlik va uning belgilari haqida gaplashamiz. Bu qaramlikning oqibatlari va undan chiqish yo‘llarini bilib olamiz.

    Kun davomida sizda paydo bo‘ladigan (xoh ijobiy, xoh salbiy) hissiyotlarning asosiy qismi nima ta’siridan kelib chiqadi? Bu savolga javob berish orqali nafaqat sport, balki har qanday mashg‘ulotga qaramligingiz bor-yo‘qligini bilib olish mumkin. Masalan, mutolaaga, mehnatga va hokazo…

    Sportga qaramlik sabablari

    Sog‘lom hayot tarziga qaramlik haqida ilk bor 1997-yildan boshlab gapira boshlandi. Amerikalik Stiven Bretman bunga alohida nom — “Ortoreksiya” atamasini o‘ylab topdi. To‘g‘ri, Bretman ushbu so‘zda faqat to‘g‘ri ovqatlanishga qaramlikni nazarda tutgan, keyinchalik uning ma’nosi tarkibiga sog‘lom turmush tarzi va qomatga haddan tashqari ko‘p e’tibor ham kiritilgan. Ularning asosini esa sport tashkil qiladi.

    Sportga qaramlikning ikki turi bor: birlamchi va ikkilamchi.

    Birlamchi qaramlikda sport o‘z holicha qaramlik obyektiga aylanadi.

    Ko‘pincha, sportga qaramlikning sababi — jiddiy hayotiy qiyinchiliklar, masalan, oiladagi muammolar, yolg‘izlik, ishdagi kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin. Ta’sir qilish qiyin bo‘lgan vaziyat bilan yuzma-yuz kelish — qo‘rqinchli va yoqimsiz. Mashg‘ulotlar zalida esa hamma narsa nazoratingiz ostida: gavda tuzilishingiz, qomatingiz qanday bo‘lishi sizga, sizning urinishlaringizga bog‘liq.

    Sport bilan shug‘ullanishni ko‘p hollarda to‘liqmaslik kompleksi tufayli boshlaymiz. Kimdir o‘zini xunuk, kimdir esa ojiz deb o‘ylaydi, yana birov esa kimdandir xafa bo‘lib, o‘ziga nisbatan bahosini oshirish uchun reablitatsiya vositasi sifatida sportga murojaat qiladi. Bundan kelib chiqadiki, sportga qaramlikning bosh sababi ruhiy muammolardir. Ayniqsa, o‘smirlarda sportga qaramlikni ko‘p uchratish mumkin. To‘g‘ri, o‘smirlikda sport bilan shug‘ullanish — to‘lib-toshayotgan energiyani sarflashning foydali yo‘llaridan biri. Ammo bu o‘ziga nisbatan bahoni oshirish istagi oldida juda kichik sabab. Tashqi ko‘rinishidan qoniqmaslik va tengdoshlarining oldida darajasini tushirmaslik o‘smirni sport bilan shug‘ullanishga undaydi. Mashg‘ulotlardagi progress o‘ziga ishonch hissini beradi. Bu ishonchni mustahkamlash uchun mashg‘ulotlar kuchayib boraveradi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa, Instagram’da sog‘lom va chiroyli tanani — oliy maqsadga aylantirgan blogerlar mustaqil fikrli odamlarga hech qanday ta’sir qilmasligi mumkin, biroq bu ta’sirchan va o‘ziga nisbatan bahosi past o‘smirga sport muammolarning qulay yechimi bo‘lib ko‘rinadi. Buni hech kim taqiqlamasligi, aksincha, olqishlashi ayni muddao. Sport zaliga abonement esa — baxtli hayot sari chipta…

    Sportga nisbatan qaramlik yoxud sport addiksiyasi qanday shakllanadi? Juda oddiy: jismoniy mashqlar vaqtida miyada zavq gormoni – endorfinlar ishlab chiqariladi. Qanchalik ko‘p shug‘ullansangiz, uning organizmdagi darajasi shunchalik oshadi. Navbatdagi porsiyani olish uchun sport zaliga qarab otlanasiz. Zavqlanish kimga ham yoqmaydi? Asta-sekin sport narkotikka aylanadi, usiz o‘zingizni yomon his qila boshlaysiz.

    Endi ikkilamchi qaramlikka to‘xtalsak. Bunda sportga qaramlik asosida oziqaviy qaramlik yotadi. Ushbu holatda vazn kamaytirish yoki qomat ko‘rinishini o‘zgaritish zarurati tufayli sport bilan shug‘ullanishga kuchli ishtiyoq paydo bo‘ladi.

    Ko‘pincha, bunday qaramlar tanani ayamaydi, uni ayyor va dangasa hayvonday bilib, imkoniyatlar chegarasidan tashqarida ishlashga majbur qiladi.

    Sportga qaramlikni aniqlash yo‘llari

    Performance in Mind sayti muallifi, sport psixologi Jozefin Perri ko‘p shug‘ullanish bilan juda ko‘p shug‘ullanish o‘rtasidagi nozik chegarani belgilaydi: “sportga munosabatingiz jiddiy bo‘lsa, unga ko‘p kuch va vaqt sarflasangiz, qoldirgan mashg‘ulotlaringiz uchun afsuslansangiz — sizni intiluvchan sportchi deya atash mumkin. Ammo qanday bo‘lmasin, mashg‘ulotlarga borishni kanda qilmasangiz, sportni deb oilangiz, do‘stlaringiz o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lsa, nosog‘lom qurbonliklar qilsangiz — chegaradan oshib o‘tgan bo‘lasiz”.

    Amerikalik olimlar sportga qaramlikni aniqlaydigan ikkita asosiy mezonni belgilagan: biri mashg‘ulotlarning qoldirilishiga o‘ta salbiy reaksiya, ikkinchisi esa jismoniy yuklamalar hajmining normasidan oshib ketishi.

    O‘zingizda sportga qaramlik bor-yo‘qligini aniqlamoqchi bo‘lsangiz, quyidagi jumlalarni o‘qing va ularning qanchalik haqiqatga yaqinligi haqida o‘ylab ko‘ring:

    • Mashg‘ulotlar — men uchun juda muhim;
    • mashg‘ulotlar hajmini doimiy oshirib boraman;
    • kayfiyatim yaxshilanishi uchun shug‘ullanaman;
    • shug‘ullanolmasam, azoblanaman;
    • shug‘ullanmagan paytimda aybdorlik hissini tuyaman;
    • mashg‘ulotlar orasida tanaffus bo‘lsa, ularning sonini ko‘paytirish orqali “aybimni yuvaman”;
    • sport hayotimning mazmuni, usiz boshqa maqsad qo‘yolmayman.
    Bu jumlalar asosiy ishi sport bo‘lgan professionallar uchun normal bo‘lishi mumkin, ammo shundoq ham boshqa majburiyat va ishlari bor havaskorlar uchun emas.

    Oqibatlari

    Sportga qaramlar har safar zo‘riqishlar miqdorini oshirib borgani uchun organizmni stressga, charchoqqa va hatto jarohatlarga duchor qiladi. Yetarlicha ovqatlanmaslik tufayli yuzaga keladigan kaloriya yetishmasligi depressiya hamda ochlikdan hushni yo‘qotishgacha olib kelishi mumkin.

    Ortiqcha shug‘ullanganda quyidagi holatlar paydo bo‘ladi:

    • Mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riq;
    • keyingi mashg‘ulotgacha o‘zini tiklab ololmaslik;
    • tez charchash;
    • xotirjamlik vaqtida ham yurakning tez urishi;
    • mashg‘ulotlardan so‘ng hamda dam olish vaqtida ishtahaning yo‘qolishi;
    • bosh og‘rig‘i;
    • ko‘ngil aynishi;
    • uyqusizlik;
    • immunitetning zaiflashuvi.
     Sportga qaramlikdan qanday chiqish mumkin?

    Yuqoridagi holatlarning aksariyati sizda bo‘lsa, chora ko‘rish vaqti keldi. Birinchidan, endorfinga qaramlikni kamaytirish uchun haftasiga besh soatdan ko‘p shug‘ullanmang. Mashg‘ulotlarsiz hech bo‘lmasa, bir hafta yashasangiz, organizmning nafas rostlab olishiga imkon berasiz. Vaqtingizni esa qiziqarli boshqa bir ishga sarflab ko‘rishingiz mumkin. Masalan, toza havoda sayr qilish, do‘stlar bilan uchrashish, kitob o‘qish va hokazo.

    Shaxsiy trener xizmatidan foydalaning: u organizmingiz ehtiyojlaridan kelib chiqib, zaruriy yuklama miqdorini hisoblab beradi. Sportga qaramlik qandaydir og‘ir hayotiy muammolarga olib kelayotgan bo‘lsa, psixolog kabinetiga ham mo‘ralab ko‘rish foydali.

    Sportga qaramlikdan qutulishning eng muhim yo‘li — “Mashg‘ulotlarga qatnashimga sabab nima?” deya savol berishdir. To‘g‘ri savollar to‘g‘ri yechimlarga olib keladi. Shuni biling, sport miya ovozini o‘chirib qo‘yadigan, ba’zi mummolarni unutishga yordam  beradigan “narkotik”ka aylanishi mumkin. Buning o‘rniga muammolarga tik qarab boring va hal qiling.

    20.02.2020, 20:12   Izoh (0)   50209
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.