Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri sog‘liqni saqlash qo‘mitasi Botkin nomidagi shahar klinik shifoxonasining bosh shifokori Aleksey Yakovlevni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Ma’lum bo‘lishicha, bosh shifokorning ishdan bo‘shatilishi ish beruvchining tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Shifoxonaning vaqtincha rahbari etib Ivan Fedunyak tayinlangan.

Qo‘mita matbuot xizmati bosh shifokorning ishdan bo‘shatilganini tasdiqlagan, biroq uning sabablarini ma’lum qilmagan.

Fevral oyining boshida mazkur shifoxonaga bir nechta bemor majburiy tartibda karantinga joylashtirilgan. Mazkur kishilar Xitoydan qaytganidan keyin ularda koronavirus bo‘lishi mumkinligi gumon qilingan. To‘rt nafar bemor o‘zboshimchalik bilan muassasadan ketib qolgan, keyinchalik ularning ikki nafari o‘z ixtiyori bilan shifoxonaga qaytib kelgan. Bemorlardan biri, Alla Ilyinaga nisbatan ma’muriy ish ochilgan. Sud uni majburiy tartibda shifoxonaga qaytarish haqida qaror chiqargan.

Qayd etilishicha, ishdan bo‘shatilgan bosh shifokor Aleksey Yakovlev Botkin shifoxonasida 1980-yildan buyon ishlagan, bosh shifokor lavozimida esa 1994-yildan buyon faoliyat olib borgan.

Avvalroq Rossiya koronavirus bo‘yicha karantinni buzuvchilarga nisbatan jazoni kuchaytirishi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab karantinda turgan Diamond Princess kemasining yo‘lovchilari qirg‘oqqa chiqa boshladi. O‘zbekistonda esa 4—6-fevral kunlari Pekin va Uxandan olib kelingan fuqarolar “Bo‘ston” sanatoriysidagi 14 kunlik karantindan keyin o‘z uylariga yo‘l oldi. Ularning hech birida koronavirus aniqlanmadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2 ming kishidan oshib ketdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik