Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Rospotrebnadzor” Rossiyada karatin rejimini buzganlik uchun jazoni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bunga koronavirus bo‘yicha karantindan bir necha kishining qochib ketganligi sabab bo‘lgan. Bu haqda “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova parlamentda ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Karantindan qochish bo‘yicha dastlabki holat 11-fevral, seshanba kuni, qayd etilgan. Xitoydan qaytgan Alla Ilyina aeroportda tekshiruvdan o‘tkazilgan va sog‘liq bilan biror muammo yuzaga kelsa, shifoxonaga murojaat qilishi haqida ogohlantirilgan. Keyinroq ayolning tomog‘i og‘rigan. Tez tibbiy yordam esa uni karantinga jo‘natishga qaror qilgan. Biroq ayol karantindan qochib ketgan. Uning aytishicha, tahlil natijalari yaxshi chiqqani sababli u kasalxonada qolishni xohlamagan.

Peterburg sudi mazkur ayolni kasalxonaga majburan yotqizishga ruxsat berdi.

Avvalroq Rossiyada to‘rt kishi koronavirus bo‘yicha karantindan qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutka ichida mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 142 kishiga ko‘payib, yana 1323 kishi kasallikni yuqtirib olgan. 16-fevral holatiga ko‘ra, Xitoyda 68 500 holatda koronavirus bilan xastalanish qayd etilgan, jahon bo‘yicha esa 69 mingdan ortiq inson virus bilan infeksiyalangan. Xitoyda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1665 kishiga yetgan, 9 419 kishi esa kasallikni yengib o‘tib, tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus epidemiyasi chekinmoqda, Xubey provinsiyasida koronavirus sabab o‘layotganlar soni kamaya boshlagan. Yaponiyaning Yokogama portida karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasidagi 44 nafar AQSh fuqarosida koronavirus aniqlandi. Xitoy kompaniyasi koronavirus infeksiyasiga qarshi potensial vaksina sotuvga chiqishini e’lon qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi