Buyuk Britaniya hukumati ob-havo bashorati aniqligini oshiradigan superkompyuterni yaratish uchun 1,2 milliard funt sterling (1,6 milliard dollar) ajratdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: servernews.ru

Kompyuterning o‘zi 850 million funt turadi, qolgan mablag‘ meteorologik xizmatning tegishli tadqiqotlari uchun sarflanadi.

Britaniya rasmiylari superkompyuter yordamida dovullarni bashorat qilish, tabiiy ofatlar avj olganda vaziyatga tezkorlik bilan yondashish va toshqinlar paytida xavfsiz manzillarni topishga umid qilmoqda. Shuningdek, qurilma iqlim o‘zgarishlarini ham kuzatib borishi mumkin.

Yangi superkompyuter 2022-yilda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.