O‘zbekistonlik yigit Afrika qit’asining eng baland nuqtasi — Kilimanjaroni zabt etdi deb xabar berdi O‘zA.

Foto: O‘zA

“Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida yashovchi Sanjar ismli yigit Afrikaning eng baland nuqtasi — Kilimanjaro tog‘ini zabt etdi”, – deyiladi xabarda.

Sanjar u yerga O‘zbekiston bayrog‘ini olib chiqdi.

Kilimanjaro dunyodagi alohida olingan (freestanding) tog‘lar ichida eng balandi bo‘lib, u ekvatordan 300 kilometr uzoqlikda, Tanzaniyada Keniya bilan chegarada joylashgan. U alohida-alohida uchta cho‘qqidan iborat: g‘arbda Shira (3962 metr), sharqda Mavenzi (5149 metr) hamda o‘rtada Kibo (5895 metr) tog‘i.

Kiboning shimoliy va janubiy yonbag‘irlarida muzliklar, tog‘ etagida esa tropik o‘rmon mavjud.