14-fevral, juma kuni, O‘zbekistonning shimoliy hududi — Qoraqalpog‘istonga Kavkaz rayonlaridan nam havo oqimi kiradi, natijada ob-havo bulutli bo‘lib, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Foto: “Daryo”

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 15-fevral, shanba kuni, nam havo oqimining ta’siri mamlakatning katta qismiga tarqaladi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lib o‘tadi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0—5 daraja, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.

16-fevral, yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Faqat Toshkent viloyatida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib turadi.

Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 5—10 daraja iliq bo‘ladi.