• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Svetlana Ortiqova Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilganini tasdiqladi

    Davomi: Zokirjon Almatov: Ba’zilar Andijon voqealarida tinch aholiga o‘q uzilgan deydi. Yo‘q!

    2005-yilning 13-may kuni Andijonda yuz bergan qonli voqealarda tinch aholi vakillariga o‘q uzilgan. Bu haqda O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Ortiqova “Qalampir.uz”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Quyida Svetlana Ortiqovaning nashr muxbirining savollariga bergan javoblari keltiriladi.

    — Andijon voqealarida davlat harbiylari tinch aholiga nisbatan o‘q uzganmi? 

    — Ba’zi bir jihatlar orqali qurolni ishlatish nomutanosib bo‘lgan.

    — Ya’ni tayyorgarligi bo‘lmagan?

    — Aloqa vositalari shir-shir-shir bo‘lgan. Vaqtida aytilgan, joy ochilgan, Qirg‘izistonga chiqib ketishsin ular deyilgan. Aloqa vositalari yaxshi ishlamagan. Vaqtida komandir u yo bu topshiriqni anglamagan. Tayyorgarlik bo‘lmagan. Sabablar ko‘p.

    — ...va bo‘lib o‘tgan. Tinch aholiga nisbatan o‘q uzilgani haqidagi gaplar ham haqiqatga yaqin.

    — Albatta. Shuning uchun ham o‘sha odamlar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Buni ham ovoza qilganman. Hatto jazosini o‘tab kelib, tinch hayotda yashashyapti.

    — Ular lavozimdagilarmi? 

    — Lavozimdagilar ham bor edi. Qancha kishi lavozimidan judo bo‘lgan. Bizning ham xatomiz bor edi va Ortiqova o‘sha vaqtlarda har bir hisobotni “Bizning ham xatomiz bor edi” degan gap bilan boshlardi.

    “Albatta, o‘sha vaqtda juda qiyin ahvol bo‘lgan. Hozir bu voqealarni eslasam, erkak kishi bo‘lsangiz ham yig‘lab yuborasiz.

    O‘sha kuni Bosh prokurordan uch kunga ruxsat oldim. Qizim bilan ota-onamni ko‘rgani Uchqo‘rg‘onga ketayotgan edik. Namanganga qo‘ng‘iroq qilib, taksi yuborishlarini so‘radim. Shu kecha qizim ham, men ham uxlamay taksini kutdik. Soat 2 yo 3 atrofida taksi keldi. Narsalarni avtomobilning yukxonasiga joylashtirdik. Ketayotib yana gazni “svet”ni o‘chiray deb uyga kirdim. Shu vaqt telefon jiringladi. Ko‘tarsam, navbatchi “Andijon portladi, ‘boyevaya trevoga’, hamma ishga”, dedi. Bolam qiy-chuv, to‘polon qildi. Qani o‘sha vaqt bolaga tushuntira bilsam. Ikkinchi qavatda yashaydigan keksa qo‘shnilarim bor edi, “mana sizga qiz, mana sizga bozorlik, mana sizga uyning kaliti”, deb ishga ketganman. Haligi taksichi ishxonagacha olib borib qo‘ygan.

    Hech qachon esimdan chiqmaydi, idoraga kelayotganimizda endi quyosh turayotgandi. Shunaqa qilib ikki oy uyga bormaganman. Bo‘lmasa 15 daqiqalik yo‘l. O‘sha chol-kampir bolamga qarab turar edi, men telefon qilib, xabar olib turardim xolos.

    Bu bilan nima demoqchiman: agar men o‘zimning gapimga ishonmasam, agar men qonunga tayanmasam, Konstitutsiya meni negizim va hayotim bo‘lmasa, men hech qachon gapirmayman va maydonga chiqmayman. Men o‘zim tergovda qatnashganman, Andijonga borib, o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, ayblanuvchilar bilan gaplashganman, jabrlanuvchilar bilan gaplashganman, bevosita tergov jarayonida qatnashgan ayol sifatida aytamanki, haqiqatan bu terroristik xuruj edi”, — deydi Svetlana Ortiqova o‘sha kunni xotirlab.

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Andijondagi tartibsizliklar oqibatida 187 kishi halok bo‘lgan. Shundan 60 nafari tinch aholi vakillari (ularning ichida ikki nafar voyaga yetmagan va bir nafari ayol) edi. 287 nafar kishi, jumladan, 91 nafar tinch aholi vakillari, 49 nafar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va 59 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

    14.02.2020, 16:47   Izoh (0)   168627
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    TIV rahbari o‘rinbosari: YeOII va JSTga a’zo bo‘lib kirishni bir-biriga taqqoslamaslik kerak

    14.02.2020, 16:17

    O‘zbekistonda hayvonlarni ovlash uchun ruxsatnoma berishga 3 yillik moratoriy joriy qilinishi kutilmoqda

    14.02.2020, 16:03

    Dilorom Toshmuhammedova “Oila” markazi rahbarligidan ozod etildi

    14.02.2020, 15:44

    Sirdaryoda traktor parkida qimorxona tashkil etgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.02.2020, 15:33

    Toshkentda Britaniya menejment universiteti tashkil etiladi

    14.02.2020, 14:32

    Samarqandda Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi qamoqqa olindi

    14.02.2020, 14:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.