Istanbuldagi Sabiha Go‘kchen nomidagi aeroportda Pegasus aviakompaniyasiga tegishli samolyot qo‘nishni amalga oshirish vaqtida falokatga uchragani haqida xabar berilgandi. “RBK” nashri falokatga uchragan samolyotning suratlarini to‘plab taqdim etdi.

Foto: Reuters

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 183 kishi bo‘lgan. Falokat oqibatida samolyot bo‘laklarga ajralib ketgan bo‘lib, uch kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Reuters

Pegasus Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Istanbulga Izmir shahridan uchib kelayotgan bo‘lgan.

Foto: Reuters

Uchuvchilarning dispetcher bilan muloqotiga ko‘ra, samolyot kuchli shamol vaqtida qo‘nishga uringan.

Foto: Reuters

Ichida 177 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan havo kemasi qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, to‘siqlarni bosib o‘tib, chuqurlikka qulagan.

Foto: Reuters

Falokat oqibatida yong‘in yuzaga kelgan, biroq u tezda o‘chirilgan.

Foto: Reuters

Havo kemasi bir necha bo‘lakka bo‘linib ketgan.

Foto: Reuters

Ayrim yo‘lovchilar samolyotni mustaqil ravishda tark etishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Reuters

Samolyot falokatiga rasman nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum, biroq taxminlarga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoit sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Foto: Reuters

Kamida 52 kishiga jarohat yetgan va ular shifoxonaga joylashtirilgan.

Foto: Reuters