“O‘zavtosanoat” AJ Xitoyda tarqalgan koronavirus kasalligi tufayli mamlakatdan yetkazib beriluvchi ehtiyot qismlari tanqisligi kuzatilishi oqibatida aksariyat avtomobil ishlab chiqaruvchilarining zavodlaridagi ish vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berdi.

Foto: Daryo

Xabarga ko‘ra, ushbu favqulodda holat O‘zbekistonga Chevrolet Equinox avtomobillarini olib kelishda epidemiya tarqalishi bilan bog‘liq kechikishlarga sabab bo‘ladi.

Chevrolet Equinox rusumidagi avtomobillar O‘zbekistonda UzAuto Motors dilerlarida 2019-yil 27-dekabrdan beri sotib kelinmoqda.

Kompaniya xabarida yetkazib berishning qayta boshlanishi yuzasidan alohida ma’lumot berilishi bayon etilgan.