Juli Uillis va Garri Uilson 60 ta kenguruni o‘z uyiga olib ketgan. Kengurularning aksar qismi yashil qit’ada bir necha oy davom etgan o‘rmon yong‘inlari vaqtida ota-onasini yo‘qotib yetim qolgan. Oila o‘nlab kengurularga g‘amxo‘rlik qilmoqda, kichik kengurularning ham kuch to‘plashi uchun ularga ko‘mak bermoqda.

Foto: Big Picture

Juli va Gari 20 yildan beri kenguru qo‘riqxonasini boshqarib keladi, ular o‘rmon yong‘inlarida yetim qolgan kenguru, vallabi va opossumlarni parvarishlamoqda. Er-xotinlarning ma’lumot berishicha, ushbu hududdagi hayvonlarning 80 foizi yong‘inlar tufayli halok bo‘lgan.

Foto: Big Picture

Kenguru Joi Vitalibda yashovchi Juli Uillis va Gari Uilsonning qaramog‘ida.

Foto: Big Picture

Yosh kengurularning aksariyati yong‘inlar oqibatida onalaridan ayrilgan.

Foto: Big Picture

Vallabi kenguruchasining onasi Vitalibdagi yong‘inlardagi og‘ir jarohatlar tufayli uxlatib o‘ldirishga to‘g‘ri kelgan, yana bir kenguruning onasini mashina ostida halok bo‘lgan.

Foto: Big Picture

Er-xotinlar kenguruchalar ona mehrini his qilishi va xavfsizlikda bo‘lishi uchun ularning onalari xaltasiga o‘xshash xaltachalar tikib bergan.

Foto: Big Picture

Juli The Glen Innes Examiner mahalliy gazetasiga bergan intervyusida yong‘inlar tufayli kengurularning ko‘pchilik qismi yo‘qolib ketgani va opossumlarning ham kam qismi omon qolganini bildirgan.

Foto: Big Picture

“Halok bo‘lgan va kuyib ketgan kenguru hamda opossumlarning jasadlari yo‘llar chetida yotardi. Fermerlarning ot, cho‘chqa, alpak va echkilari ham olov ichida qolib halok bo‘lgan”.

Foto: Big Picture

Juli Uillis 20 yildan ortiq vaqt davomida kenguru va boshqa xaltali hayvonlarga mehrini berib keladi.

Foto: Big Picture

Juli Uillis va Gari Uilson o‘z uylari yonida.

Foto: Big Picture

2019-yil Avstraliya uchun eng issiq va quruq davr bo‘ldi, o‘rmon yong‘inlari uch oydan ortiq vaqt davom etdi va tabiatga juda katta ziyon yetkazdi.

Foto: Big Picture

Avstraliyada har yili o‘rmon yong‘inlari kuzatiladi, ammo o‘tgan yili ular ancha barvaqt boshlandi va uzoqroq davom etdi.