Bortida 6 ming yo‘lovchi bo‘lgan Costa Smeralda kruiz layneri ehtimoliy koronavirus tahdidi sababli Rim yaqinidagi Chivitavekkya portida to‘xtatib, yopib qo‘yildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: “Interfaks”

The Guardian nashri xabariga ko‘ra, kruiz layneri bortida bo‘lgan xitoylik juftlikda isitma kuzatilgan va nafas olish yo‘llarida muammolar yuzaga kelgan, shu munosabat bilan ularda koronavirus bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida tekshiruvlar olib borilmoqda.

Qayd etishlaricha, Costa Smeralda bungacha Marsel, Barselona va Malyorka shaharlarida bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, 2019-yil dekabridan beri Xitoyda 7 711 kishida yangi turdagi koronavirus sabab kelib chiqqan pnevmoniya bilan xastalangan, ulardan 170 nafari vafot etgan.