Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida o‘tkazilayotgan fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga qarshi norozilik namoyishida noma’lum shaxs namoyishchilarga qarata o‘q uzdi. Times of India’ning yozishicha, hodisa oqibatida bir talaba yaralangan va shifoxonaga yotqizilgan, o‘q uzgan shaxs esa Islom universiteti talabalari ko‘magida qo‘lga olingan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Hindiston parlamenti tomonidan fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, Afg‘oniston, Pokiston va Bangladesh kabi qo‘shni mamlakatlardan qochib kelgan musulmon bo‘lmagan shaxslar, agar ular o‘z vatanlarida tahqirlashlarga uchrayotgan bo‘lsa, Hindiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin.

Ushbu qonun hindistonlik musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘ldi — ularning fikricha, so‘nggi tuzatishlar konstitutsiyaga zid, chunki rasman dunyoviy hisoblangan mamlakatda aholining bir qismi diniy e’tiqodidan kelib chiqib kamsitilmoqda. Hindiston shimoli-sharqiy shtatlari aholisi ham qonunga e’tiroz bildirgan — endi ular Bangladeshdan kelgan millionlab odamlar ularning shtatlarida doimiy qolib ketishidan xavotirda. Bu holat norozilik namoyishi ishtirokchilarining fikricha, mahalliy aholi manfaatlariga zid.

Muxolifat vakillarining fikricha, tuzatishlar kiritilgan qonun kamsituvchi mazmunga ega, chunki — mamlakat aholisi (1,3 milliard kishi)ning 10 foizdan ko‘prog‘i islom diniga e’tiqod qilayotgan bir vaqtda — musulmonlarning fuqarolik olish imkoniyatlarini cheklaydi. Tanqidchilarning ta’kidlashicha, bunday sharoitda diniy e’tiqod fuqarolik olish uchun shartga aylanmasligi lozim.

Hindiston Oliy sudi 22-yanvar kuni fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning amal qilishini to‘xtatib turishni rad etgan va ushbu qonun bo‘yicha petitsiyaga javob qaytarish uchun hukumatga to‘rt hafta muhlat bergan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik