So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    Yangi koronavirus 80 dan ortiq odamning umriga zomin bo‘ldi. Xitoyning jami aholisi 57 mln bo‘lgan 15 ta shahri to‘liq yoki qisman yopildi

    27.01.2020, 23:21 31500

    Koronavirusning yangi turi sabab qo‘zg‘agan pnevmoniya oqibatida 81 kishi vafot etdi. Virus Xitoyda paydo bo‘lgan, hozir ham aksariyat hollarda aynan Xitoyda tarqalmoqda, qurbonlarning hammasi xitoylik. Xitoy rahbari Si Szinpin 25-yanvar, shanba kuni virusning tarqalish tezligi oshganini ma’lum qilib, vaziyatni og‘ir deb atadi. Hozirgi vaqtda jahonning 10 mamlakatida 2800 dan ortiq odamda yangi turdagi pnevmoniya xastaligi borligi tasdiqlangan, yana 5794 kishida virusning borligi taxmin qilinmoqda. 51 kishi esa tuzalishga muvaffaq bo‘ldi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Virus tarqalishi munosabati bilan Xitoyda jami 57 million aholi istiqomat qiladigan 15 ta shahar to‘liq yoki qisman yopildi. Shuningdek, mamlakatda yovvoyi hayvonlar savdosi vaqtincha to‘xtatildi (taxminlarga ko‘ra, Uxandagi dengiz mahsulotlari bozori virusning boshlang‘ich manbasi bo‘lgan); maktab va universitetlarda Xitoy Yangi yil bayrami munosabati bilan boshlangan ta’til noma’lum muddatga uzaytirildi; Buyuk Xitoy devorining bir qismi tashrifchilar uchun yopildi. Mamlakatda yuz uchun tibbiy niqoblar, “Men 2020-yilgi koronavirusdan omon chiqdim” yozuvli futbolkalar va 2012-yilda chiqqan Plague Inc pandemiya simulyatori (kompyuter o‘yini) savdosi bir necha barobarga oshdi.

    Xitoyning Chjendin nohiyasi ma’muriyati shaharga kelib, aynan “Uxandan kelganman” deb ro‘yxatdan o‘tmagan uxanliklarni izlab topishda yordam berganlarga mukofot va’da qildi. Mukofot puli miqdori 145 dollarga teng. Reuters’ning yozishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlagan. “Agar siz o‘zingiz haqingizda ma’lum qilmasangiz, boshqalar siz haqingizda xabar bergani uchun ulardan o‘pkalab yurmang. Biz ham yashashni istaymiz”, — deb yozgan ulardan biri. Ayni vaqtda Ispaniya, Fransiya, AQSh va Yaponiya o‘z fuqarolarini Uxandan olib chiqib ketishga qaror qilgan (O‘zbekiston rasmiylari esa Xitoy Uxandan o‘zbekistonliklarni olib chiqishga rad javobini berayotganini ma’lum qilgan edi).

    O‘zbekistonda hozircha koronavirus bilan xastalangan birorta ham bemor aniqlanmadi. Rasmiylar chegara punktlarida nazorat har qachongidan ham kuchaytirilganini ta’kidlamoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov esa vatandoshlarni hatto Xitoyga bormay turishga chaqirdi. Ayni vaqtda Jizzaxda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar rasman rad etildi (bunday mish-mishlar tarqalishiga Qozog‘istondagi o‘quv mashg‘ulotlari suratlari sabab bo‘lgan).

    O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirus bo‘yicha epidemik vaziyat barqarorlashgunga qadar Xitoyga o‘zbekistonlik sayyohlarni yubormaslik to‘g‘risida ham tavsiya berilgan. Xitoyga muntazam parvozlarni amalga oshiruvchi “O‘zbekiston havo yo‘llari” reyslarni to‘xtatib turish rejalari haqida hozircha ma’lum qilgani yo‘q.

    Virus bozorga ta’sir qilmoqda. Aynan virusning tarqalishi kuchayayotgani munosabati bilan 27-yanvar, dushanba kuni neft narxi 2 foizga pastladi. Avvalroq epidemiya qimmatbaho mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning aksiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, oqibatda LVMH konserni egasi Bernar Arno jahonning eng boy odamlari ro‘yxatidagi peshqadamlikni boy bergan edi.

    Twitter’da Xitoyning Douban kinoservisidan “Chernobil” seriali haqidagi axborot o‘chirib tashlangani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi; bunga foydalanuvchilar Xitoy rahbariyatining epidemiyaga munosabatini Chernobildagi avariyaga rasmiylarning kechikkan munosabatiga o‘xshatgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Gonkongdagi South China Morning Post nashri jurnalisti Josh Ye yozdi; “Chernobil”ning ssenariy muallifi va prodyuseri Kreyg Meyzin esa “kimdir buni tasdiqlay oladimi?” deb so‘radi. Foydalanuvchilarning ayrimlari serial hali ham Douban’da borligini ta’kidlagan bo‘lsa, boshqalari buning aksini ma’lum qildi. Har nima bo‘lganda ham, epidemiya boshlangan Uxan shahrining meri virusning xavfi haqida odamlar juda kech ogohlantirilganini tan olib, iste’foga chiqishga tayyorligini bildirdi.

    Bill va Melinda Geytslar fondi yangi virusga qarshi kurashish uchun 10 million dollar xayriya qiladi. Ushbu mablag‘ning yarmi infeksiya yuqishi holatlarini aniqlash va Xitoydagi bemorlarni davolashga, qolgan yarmi esa virusning Afrikada tarqalishining oldini olishga sarflanadi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Tavsiya etamiz

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida 

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi 

    13:00 / 21.09.2023

    BMT assambleyasidagi mojaro, namoyishga chiqqan traktorlar, bo‘ron qurbonlarini dafn etayotgan ko‘ngillilar — 20-sentabr suratlari 

    23:00 / 20.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?