• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Amerika biqinidagi kichik SSSR. Kuba inqilobi haqida

    Kubada 1953–1959-yillarda bo‘lib o‘tgan inqilob voqealari afsonalar va ehtirosli romantikaga to‘lib-toshgan. Fidel Kastro nomi dunyoga ma’lum, afsonaviy Ernesto Che Gevaraning surati esa butun dunyoda tijoriy brendga va norozi yoshlarning bayrog‘iga aylanib ulgurgan. Bizning davrimizga kelib ham “Ozodlik oroli”, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan bo‘lsa-da, inqilobning yutuqlari va g‘oyalarini rad etmaydi. “Daryo” kolumnisti Nurbek Alimov Kuba inqilobi haqida hikoya qiladi.

    Inqilob sabablari

    Kuba inqilobining sabablarini yaxshiroq tushunish uchun bir necha o‘n yillar orqaga qaytishimiz kerak. O‘tgan asrning 30-yillarida Kubaning asosiy eksport mahsuloti shakar edi, uning asosiy qismini AQSh sotib olardi. Qo‘shma Shtatlar, o‘z navbatida, Kuba iqtisodiyotining asosiy sarmoyachisi edi.

    Foto: Wikipedia

    1929–1933-yillarda dunyoda vujudga kelgan iqtisodiy inqiroz Kuba iqtisodiyotiga moliyaviy tushumlarni keskin kamaytirdi, natijada daromadlar kamayib, xalqning turmush darajasi yomonlashdi. Vaziyatdan foydalangan Fulxensio Batista boshchiligidagi harbiy fitnachilar davlat to‘ntarishini amalga oshirdi, mamlakatda hokimiyat harbiy hukumat qo‘liga o‘tdi. Batista armiyaning shtab boshlig‘i bo‘ldi va siyosiy jarayonlarda faol qatnasha boshladi.

    Biroq tez orada hukumat ishidan norozi bo‘lgan Batista aksilinqilob to‘ntarishini amalga oshirib, o‘ziga sodiq yangi hukumatni o‘rnatdi va 1940-yilda Kuba prezidentiga aylandi.

    Ikkinchi jahon urushi boshlanishi Kuba iqtisodiyotini jonlantirdi, chunki Yevropada shakar ishlab chiqarish to‘xtatildi. Kuba bu mintaqaga shakar eksportini ko‘paytira boshladi. Urush tugaganidan keyin Yevropada shakar ishlab chiqarish qayta tiklandi. O‘ziga qulay davrda vaziyatdan foydalanib qayta tiklanib olmagan Kuba iqtisodiyoti keskin pasayishga yuz tutdi.

    Fidel Kastro.

    Fidel Kastro.
    Foto: Wikipedia

    Urushdan keyingi iqtisodiy inqiroz mamlakatda ijtimoiy tanglikni kuchaytirdi. Batistaning amerikaparastlik pozitsiyasiga qarshi norozilik harakatlari tobora kengayib bordi, Kubada ommaviy ish tashlash va norozilik to‘lqinlari ko‘tarildi. 1952-yilgi saylovda mag‘lub bo‘lmaslik uchun har qanday ishga tayyor bo‘lgan Batista yana bir davlat to‘ntarishini amalga oshirdi, natijada Kubada politsiya diktaturasi o‘rnatildi.

    Batista rejimi, bir tomondan, AQSh bilan munosabat yomonlashishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa badavlat oilaning farzandi bo‘lgan advokat va siyosatchi Fidel Kastro Rus boshchiligidagi inqilobiy fikrga ega yoshlarning g‘azabiga sabab bo‘ldi.

    Inqilob

    Kuba inqilobining boshlanishi 1953-yil iyul oyidan, Fidel Kastro boshchiligidagi qurollangan yoshlar otryadi Santyago-de-Kuba shahridagi Monkada kazarmasini egallab olishga uringan paytdan hisoblanadi. O‘shanda yosh inqilobchilarning chiqishlari muvaffaqiyatsiz tugagan edi.

    Fulxensio Batista

    Fulxensio Batista
    Foto: Wikipedia

    Inqilobchilar hibsga olingan va sudlangan, Fidel Kastro 15 yilga qamalgan edi. O‘sha paytda Kubada kuchli norozilik harakatlari boshlanib, birlashgan demokratik frontni yaratish faol davom etayotgan edi. Inqilobchilarning harakatlari – miqyosi butun mamlakatni larzaga keltirgan – 1955-yil dekabr oyidagi shakar sanoati ishchilarining umumiy ish tashlashiga olib keldi. Jamoatchilik bosimi ostida Batista 1955-yilda amnistiya e’lon qilishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng aka-uka Kastrolar qamoqdan ozod bo‘lib, Meksikaga jo‘nadi va u yerda inqilobiy faoliyatni davom ettirdi. Meksikada Fidel Kastro Ernesto Che Gevara bilan uchrashdi. Komandante Che keyinchalik Kastroning eng yaqin do‘stlaridan biriga aylandi. Kubaning barcha vatanparvarlik harakatlari “26-iyul inqilobiy harakati” (M-26) tashkilotiga birlashdi.

    Bir paytlar mashhur inqilob nazariyachi va amaliyotchisi Vladimir Ulyanov Lenin inqilobning uchta belgisini aniqlagan edi: hukumat yangi tizim bilan boshqarishni istamasligi, odamlar eski uslubda yashay olmasligidan kelib chiqadigan hokimiyat inqirozi; inqilob tashkilotchisining mavjudligi, ya’ni partiyalar va keng ommaning bunga tayyorligi. 1956-yil oxirida Kubadagi vaziyat bu belgilarga to‘la mos kelar, kichkina uchqun yetishmay turgan porox bochkasi kabi edi.

    Bunday uchqun 1956-yil 2-dekabrda Kubaning Oriente provinsiyasiga Fidel Kastro boshchiligidagi 82 ta Meksika inqilobiy muhojirlarini olib kelgan “Granma” yaxtasining kelishi bo‘ldi. Ular qirg‘oqda hukumat qo‘shinlari tomonidan kutib olindi, ammo isyonchilar katta yo‘qotishlarga duch kelgan bo‘lsa-da, to‘liq halokatdan qochib, Siyerra-Maestra tog‘lariga yashirinishga muvaffaq bo‘ldi. Aholi ko‘magi va Batista armiyasining norozi askarlari tufayli M-26 harakati kuchayib, 1957-yil mart oyidayoq prezident saroyini egallab olishga urinish bo‘lib o‘tdi. 1957-yil avgustda mamlakatni M-26 harakati va Kuba xalq sotsialistik partiyasi boshchiligidagi ommaviy norozilik chiqishlari qamrab oldi va 1958-yil mart–aprel oylarida ushbu g‘alayonlar yana muvaffaqiyatli takrorlandi.

    Vaziyat Batista diktaturasining nazoratidan butunlay chiqib keta boshladi. 1958-yil yozida Kubada fuqarolar urushi boshlandi. Che Gevara boshchiligidagi qurolli kuchlar Las-Vilyas provinsiyasiga bostirib kirdi va yil oxirida Fidel Kastro boshchiligidagi isyonchi armiya aholining faol ko‘magi bilan mamlakatning deyarli barcha qismini ozod qildi.

    Ernesto Che Gevara.

    Ernesto Che Gevara.
    Foto: Wikipedia

    1958-yil 31-dekabr kuni diktator Batista qarshilikni to‘xtatib, Kubani tark etdi. Ertasi kuni Fidel Kastro boshchiligidagi isyonchi armiya Santyago-de-Kubaga tantanali kirib keldi va xalq tomonidan ko‘tarinki ruhda kutib olindi. Che Gevara qo‘mondonligi ostidagi isyonchilar otryadi Gavanani egallab oldi. Inqilob Batistaning diktatorlik rejimini yo‘q qilish va unga sodiq armiya bo‘linmalarining bir necha qarshilik markazlarini butunlay bostirish bilan yakunlandi.

    1959-yil fevral oyida Kubada inqilobiy hukumat ish boshladi, unda Fidel Kastro bosh vazir bo‘ldi va Kuba inqilobiy demokratik o‘zgarishlar davriga kirdi.

    Voqealar boshqacha bo‘lishi mumkinmidi?

    Mumkin edi. Fulxensio Batista to‘ntarishlar haqida ko‘p narsa bilardi va ulardan qo‘rqish uchun unda sabab bor edi. Uning o‘zi birinchi marta 1933-yilda hokimiyatni kuch bilan egallab olgan va 1940-yildagi saylov natijasida prezidentlikka saylangan edi.

    Kastro va Che Gevara.

    Kastro va Che Gevara.
    Foto: Wikipedia

    Batista muzokara qilishni bilardi. Uning qo‘li ostida Kuba Gitlerga qarshi koalitsiyaga qo‘shildi, bir necha ming ko‘ngilli kubalik Ikkinchi jahon urushining turli jabhalarida qatnashdi, qolaversa, orolning AQSh va SSSR bilan munosabatlari do‘stona va iliq edi. 1944-yilda Batista saylovda yutqazdi va sakkiz yil siyosatdan ketdi.

    U 1952 yilda qaytib, to‘laqonli harbiy diktatorga aylandi. Birinchi qilgan ishi xavfsizlikni kuchaytirish bahonasida mamlakatning amaldagi Konstitutsiyasini bekor qilish bo‘ldi.

    Muhim fakt – Batista amalga oshirgan to‘ntarishdan so‘ng AQSh prezidenti Garri Truman darhol uning qonuniyligini tan oldi. Bu ajablanarli emas. Keyingi to‘liq bo‘lmagan yetti yil davomida Kuba va AQSh do‘st va sherik bo‘ldi. Amerika biznesi uchun Kubaga eshiklari ochiq edi. Batistaga kim bilan muomala qilish mutlaqo ahamiyatsiz edi. Siyosatchimi yoki jinoyat olamining qirolimi farqi yo‘q, muhimi pul to‘lasa bo‘ldi.  Gavana shahri Karib dengizining Las-Vegasiga aylandi, butun qimor biznesi Amerika mafiyasi tomonidan boshqarildi, bu hatto “Cho‘qintirgan ota – 2” filmida aks etgan. Amerika mafiyalarining eng yirik namoyondalari Laki Luchiano va Meyer Lanskilar Gavanada kazinolar ochish uchun mamlakatga katta sarmoya kiritgan edi.

    Foto: Wikipedia

    Amerika kapitalining Kuba iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari bir milliard dollardan oshganiga qaramay, oddiy aholining ahvoli yaxshilanmadi. Ular kambag‘al, savodsiz va nosog‘lom edi. Batista doimiy ravishda yangi harbiy soliqlarni joriy etdi. Qisqasi, kubaliklar 26-iyul harakatini qo‘llab-quvvatlashi uchun bir necha o‘n sabab bor edi.

    Kastro siymosidagi xavfni kurtakligidayoq yo‘q qilganida, Batista g‘alaba qozonishi mumkin edi. Nega Fidelni amnistiya asosida ozod qilgani hozirgacha noma’lum. Ehtimol, Batista unda jiddiy xavfni ko‘rmagandir. Orolga isyonchilar kemasi suzib kelgan paytda “Granma”ni ushlashga urinish ham muvaffaqiyatsiz tugadi. Bunda Batistaga hatto aviatsiya yordam bermadi. Qo‘zg‘olonchilarning aksariyati halok bo‘ldi, ammo harakat yetakchilari omon qolishdi. Kelajakda diktator haqiqatan ham Amerikaning harbiy yordamiga umid qildi, ammo Vashington Kubaga qo‘shin yuborishga tayyor emas edi. Amerikalik “do‘stlar” Batistaga asosan “qimmatli maslahatlar” berdi xolos.

    Natija

    Batista AQSh bilan do‘stlikning foydalari to‘g‘risida yaxshi bilardi. Vyetnam urushi davridagi iqtiboslarni esga olsak, bu klassik “o‘zimizning ablah” edi. 1959-yilgi inqilob tom ma’noda g‘arbiy yarim sharning shimoliy qismini portlatdi. AQShdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda ham harbiy, ham iqtisodiy usullar bilan yo‘q qilinmaydigan kommunizmning mustahkam poydevori paydo bo‘ldi.

    Kastro Xrushchyov bilan.

    Kastro Xrushchyov bilan.
    Foto: Wikipedia

    Inqilob orqali Kuba Moskva tomon hal qiluvchi burilishni amalga oshirdi. Biroz vaqt o‘tgach, sovet hukumati strategik raketalarini orolga qo‘yib, Kubani ko‘prik sifatida ishlatishga harakat qildi. “Karib inqirozi” deb nom olgan bu voqea, o‘z navbatida, insoniyatni yadroviy urush yoqasiga olib keldi. Lekin bu endi boshqa mavzu.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    19.01.2020, 09:14   Izoh (0)   72278
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14

    “PSJ” “Bavariya”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning chorak final jufliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 10:05

    Toshkent viloyatida pora evaziga 3 mln dollar kredit olib bermoqchi bo‘lganlar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:00

    AQSH Ukrainaga va’da qilingan raketa va o‘q-dorilarni yetkazib berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 09:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.