Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQShning sobiq prezidenti kichik Jorj Bush bilan “Sudarinya-barinya” qo‘shig‘iga raqsga tushgani aks etgan arxiv video Rossiya prezidenti matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

https://www.facebook.com/oldLentach/videos/461895247839740/?v=461895247839740

Ma’lum qilinishicha, mazkur video ikki davlat rahbarining 2008-yil apreldagi uchrashuvida suratga olingan. Bu AQSh prezidenti kichik Jorj Bushning Rossiyaga oxirgi tashrifi bo‘lgan. O‘sha yilning noyabrida Barak Obama AQShning 44-prezidenti etib saylangan.

Videoda Putin sahnada xorovod bilan, Bush esa pastda raqqosalardan biri bilan raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu rolik Putinning Rossiya prezidenti va bosh vazir lavozimlaridagi faoliyatining 20 yilligiga bag‘ishlangan loyiha doirasida e’lon qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Demet O‘zdemir yangi loyihada suratga tushadi, Ibrohim Chelikkol eski uyiga ko‘chib o‘tdi. Turk kinosi yangiliklari
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi
Sport
Krishtianu Ronaldu JCH—2022 vaqtida Portugaliya terma jamoasi bazasini tark etmoqchi bo‘lgan