“O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasidagi tashkilotlarda autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” Hukumat qarori (16-son, 10.01.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram-kanali xabar berdi.

Foto: Daryo

Qarorga muvofiq, SSV tuzilmasidagi tashkilotlarda quyidagi xizmatlar autsorsingga o‘tkaziladi:

Notibbiy xizmat turlari:

  • mijozlarni ovqat bilan ta’minlash;
  • kir yuvish xizmati;
  • bino va inshootlarni saqlab turish, shuningdek, ularni muhandislik-texnik tizimlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash

Tibbiy xizmat turlari:

  • tibbiy buyumlarni zararsizlantirish.

Mazkur ro‘yxatda keltirilmagan xizmatlar autsorsingga davlat tibbiyot tashkilotining tashabbusi asosida SSV bilan kelishilgan holda o‘tkaziladi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, autsorsing xizmatlariga (mijozni ovqat bilan ta’minlash xizmatidan tashqari) haq to‘lash miqdorlari SSV tuzilmasidagi tashkilotlar tomonidan tegishli xizmat tannarxiga autsorserning xarajatlarini qoplash maqsadida 20 foizgacha ustama haqni hisobga olgan holda belgilanadi.